OCHL. "Lokomotiv" ertaga oq formada o'ynaydi (FOTO)
20 apr 2015 16:20
Yangiliklar

OCHL. "Lokomotiv" ertaga oq formada o'ynaydi (FOTO)
Toshkent, 20 aprel - Xabaringiz bor, "Lokomotiv" ertaga Osiyo chempionlar ligasining 5-turida maydonga tushadi.
"Temiryo'lchilar" o'z uylarida Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubini qabul qilishadi. O'yin soat 16:00da boshlanadi.
Bugun odatdagidek o'yinoldi tadbir (har ikkala jamoa menejerlari, uchrashuv komissari, hakamlar nazoratchisi hamda o'yinga aloqador shaxslar ishtirokida miting) bo'lib o'tdi. Tadbir davomida jamoalarning qaysi formada to'p tepishlari oydinlashdi. Demak, ertaga o'z maydonida to'p suradigan "Lokomotiv" oq rangli libosda harakat qiladi. Mehmonlar - "Al Hilol" futbolchilari esa ko'k rangli formada to'p tepishadi.
Biz "Lokomotiv"ga befarq bo'lmagan muxlislarni ertaga bo'lib o'tadigan "Lokomotiv" - "Al Hilol" bahsiga chorlab qolamiz.

Fikrlar