OCHL. Jasur Hasanov va Erkin Boydullaev 2-turda maydonga tusha olishmaydi
29 fev 2016 15:10
Yangiliklar


OCHL. Jasur Hasanov va Erkin Boydullaev 2-turda maydonga tusha olishmaydi
Ertaga va indinga Osiyo chempionlar ligasi 2-turidan o'rin olgan o'yinlar bo'lib o'tadi.
Ertaga Toshkentning "Lokomotiv" klubi Saudiya Arabistonida "Al Ittihod" mehmoni bo'ladi.
Bu bahsda ikkala jamoadan bir nafardan futbolchi maydonga tusha olmaydi. "Temiryo'lchilar" yarim himoyachisi Jasur Hasanov qizil kartochka tufayli arab mamlakatiga uchmadi. Mezbonlar safida Fahad Al Muvallad xuddi shu sabab tufayli o'yinda qatnashish huquqiga ega emas.
"Nasaf" yarim himoyachisi Erkin Boydullaev 2 mart kuni Qarshi shahrida bo'lib o'tadigan "Al Ahli"ga qarshi uchrashuvni qizil kartochka tufayli o'tkazib yuborishga majbur bo'ladi.
O’xshash yangiliklar
13:12
O'zbekiston U-20 terma jamoasi ustozi: "Penaltilardan foydalanishni ko'p marotaba mashq qilgandik" 46
23:29
BAA Pro ligasi. "Al Bataeh" kutilmaganda "Sharja"dan ustun keldi, "Al Vahda"dan yirik g'alaba 0

Fikrlar