OCHL. Ilgiz Tantashev Yaponiyadagi o'yinni boshqardi
04 apr 2018 11:47
Yangiliklar
OCHL. Ilgiz Tantashev Yaponiyadagi o'yinni boshqardi
Kecha Osiyo chempionlar ligasining 5-turidan o'rin olgan 8ta uchrashuv o'tkazildi.
Yaponiyaning "Serezo Osaka" va Janubiy Koreyaning "Jeju Yunayted" klublari o'rtasida kechgan bahsni o'zbekistonlik hakamlar brigadasi boshqarib bordi.
O'yinni bosh hakam sifatida Ilgiz Tantashev boshqardi. Unga qanotlarda Andrey Capenko bilan Timur Gaynulin yordam berishdi. Qirg'izistonlik Timur Fayzullin esa to'rtinchi hakam vazifasini bajardi.
Uchrashuvda maydon egalari 2:1 hisobida zafar quchishdi. Tantashev o'yin davomida ikki bor sariq kartochka ko'rsatdi. Hech kimga "qizil" bermadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar