So’nggi yangiliklar

03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  22 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  11 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  2 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0

OCHL. Hozircha Maxaradze va To'raev eng yaxshisi! Yangiliklar

OCHL. Hozircha Maxaradze va To'raev eng yaxshisi!

Kecha rosmana OCHL boshlandi. Toshkentning ikkita grad klubi o'zidan bir kalla ustun bo'lgan jamoalardan ochko oldi.

"Paxtakor" o'z maydonida Fors ko'rfazining bugungi kundagi eng yaxshi klubi bo'lib turgan "Naft"ni, "Bunyodkor" esa safarda Saudiya Arabistonining eng yaxshi klubi bo'lib turgan "Al Nasr"dan ochko oldi.

To'g'risini aytganda, ming jamoalarimizga muxlislik qilmaylik, na "Paxtakor"dan, na "Bunyodkor"dan bunday natija kutmagandik.

"Naft" 2014 yil so'nggi turda "Sepaxon"ga imkoniyatni berib chempionlikdan mahrum bo'lgan edi. "Al Nasr" esa bor-yo'g'i bitta mag'lubiyatga uchragan holda mamlakat chempionligini qo'lga kiritdi.

"Bunyodkor" gol urganidan keyin poytaxtliklar bor etiborni hujumga qaratdilar. Bu vaziyatda jamoani kamida 4ta vaziyatda muqarrar goldan qutqargan futbolchi Akbar To'raev bo'ldi. SHu boisdan, "CA", "Al Nasr" - "Bunyodkor" uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi deb Akbar To'raevni tanladi.




"Paxtakor" - "Naft" o'yinida o'rtani ushlab turgan futbolchi Kaxi Maxaradze bo'ldi. SHerzod Karimovning to'p uzatishini o'ziyoq shedevr bo'ldi. Ammo bizda bunday shedevrlarni kamdan-kam hollarda golga aylantira olishadi. Kaxi esa muhim pallada, muhim golni ura oldi. Undan tashqari, qolgan daqiqalarda ham jamoasini ham himoyada, ham hujumda ushlab turdi. "CA"ning talqiniga ko'ra, aynan gruziyalik futbolchi o'yinning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi. 




P.S: OFK talqiniga ko'ra ham, aynan mana shu ikki o'yinchi uchrashuvning eng yaxshisi bo'lishdi.


Nodirxo'ja Yuldashev

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика