So’nggi yangiliklar

17:29Расман: "Севилья" "Интер" ярим ҳимоячиси трансферини эълон қилди  0 17:06"Агар Мудрикни 100 млн еврога сотиб олишган бўлса, Глушенковнинг нархи 200 млн"  0 16:30"Зенит" "Марсель" футболчисига 10 млн евро маош таклиф қилган, лекин...  0 16:07Гюндоган "Барселона"дан кетмайди  4 15:42Киммих бу ёз "Бавария"дан кетмайди  1 15:11"Арсенал" "Евро"да порлаган туркияликни ўз сафида кўрмоқчи  2 14:38"Манчестер Юнайтед" Коул Палмерни сотиб олмоқчи  4 14:12"Челси" "Атлетико"нинг Олимпиададаги ҳужумчисини сотиб олмоқчи  4 13:39"Бавария" 2025 йил ёзида Симонс билан шартнома имзоламоқчи  1 13:14Мбаппе ёки Винисиус — пенальти ва жарима зарбаларини ким тепади?  3 12:48Расман: Ромеу "Жирона"га қайтди  4 12:22Танташев кеча олган жароҳати туфайли Элит ОЧЛ плей-офф учрашувида ишлай олмайди  9 12:15Мареска "Челси" нима учун Галлахерни сотишга мажбурлигини тушунтирди  0 11:55"Футбол олами". Суперлигада иккинчи давра старт олди  1 11:03Футзал. ЖЧ-2000. Ўзбекистоннинг дастлабки уриниши, 29 та гол ўтказган мезбон ҳамда бир ўйинда икки дарвозабонидан айрилиб, учинчи посбон билан Бразилиянинг гегемонлигига чек қўйган чемпион ҳақида ҳикоя қиламиз  0

OCHL g'olibi kim: "Al Ahli" yoki "Evergand"? Yangiliklar

OCHL g'olibi kim: "Al Ahli" yoki "Evergand"?

7 va 21 noyabr kunlari Osiyo CHempionlar ligasida 2015 yilgi mavsum g'olibi nomi aniqlanadi.


Finalda BAAning “Al Ahli” va Xitoyning “Guanchjou Evergrand” klublari to'qnash keladi. Final oldidan jamoalarning finalgacha bosib o'tgan yo'li va imkoniyatlari xususida malumot berishni lozim deb topdik.

Umumiy hisobda 34, OCHL sifatida OFK 13-bor ushbu turnir g'olibini aniqlaydi. Joriy mavsumdagi final ikki uchrashuvdan iborat bo'ladi. Finalga har ikki mintaqadan bittadan klub etib kelgan.

“AL AHLI” FUTBOL KLUBI

Laqabi: “Fursan”, “qizil jangchilar”

Tashkil topgan yili: 1970

Stadioni: “Rashid”, 9415 ming tomoshabinga mo'ljallangan

Boshqaruvchisi: Abdulloh Said Alnaboda

Bosh murabbiyi: Kosmin Olariu (Ruminiya)

Erishgan yutuqlari: 6 karra BAA chempioni (1974–75, 1975–76, 1979–80, 2005–06, 2008–09, 2013–14), 8 marta BAA Prezidenti Kubogi sohibi (1974–75, 1976–77, 1977–78, 1995–96, 2001–02, 2003–04, 2007–08, 2012–13), Etisalat Emireyts Kubogi sohibi (2011–12, 2013–14), BAA Superkubogi sohibi (2009, 2013).

“Al Ahli” Dubay amirligi sharafini himoya qiluvchi sport klubi hisoblanadi. U 1970 yilda tashkil etilgan. O'sha paytda “Al Vahda” va “Al SHabab” jamoalarining birlashishi natijasida “Ahli” yuzaga kelgan. 4 yil keyin “Al Najah” ham “Al Ahli” bilan birlashgan. SHu tariqa uch jamoaning bittaga aylanishi tufayli bizning tilda “milliy” degan manoni bildiradigan klub tashkil topgan.

Bosh murabbiy Kosmin Olariu 2007 yildan buyon arab jamoalarida faoliyat olib bormoqda. “Al Hilol”, “Al Sadd”, “Al Ayn” va “Al Ahli” singari Saudiya Arabistoni, Qatar va BAAning eng kuchli klublarida ishlagan. O'tgan yillar mobaynida 10ga yaqin sovrinlarni qo'lga kiritdi. BAAda so'nggi 3 mavsumda Olariu boshqargan jamoalar chempionga aylangan.

Kosmin OLARIU

Tug'ilgan sanasi: 10.06.1969

Tug'ilgan joyi: Buxarest, Ruminiya.

Futbolchilikdagi poziciyasi: markaziy himoyachi

O'ynagan jamoalari: 1989–1990 “Gloriya”, 1990–1991 MEKON, 1991–1992 “Girueta”, 1992–1995 “Nacional”, 1995–1997 “Krayova”, 1997–2000 “Suvon Blyuingiz”, 2000 “JEF Yunayted”.

Boshqargan jamoalari: 2000–2002 “Nacional”, 2002 “Styaua”, 2002–2005 “Nacional”, 2005 “Timishoara”, 2006–2007 “Styaua”, 2007–2009 “Al Hilol”, 2009–2010 “Al Sadd”, 2011–2013 “Al Ayn”, 2013-14 “Al Ahli”, 2014 yil dekabrdan Saudiya Arabistoni terma jamoasida.

Sovrinlari: Koreya chempioni-1998, 1999, Koreya ligasi Kubogi sohibi-1999, 2000, Ruminiya chempioni-2005–06, Saudiya Arabistoni chempioni-2007–08, Saudiya shahzodasi Kubogi sohibi-2007–08, 2008–09, Qatar Kubogi sohibi-2010, BAA chempioni-2011–12, 2012–13, 2013–14.

Jamoada 8 nafar BAA terma jamoasiga nomzod o'yinchilar bor. Majid Nosir, Volid Abbos, Abdulaziz Haykal, Abdulaziz Sanqur, Habib Fardan, Ismoil Hammadi, Majid Hassan va Ahmad Halil terma jamoaga jalb etiladi. Legionerlardan koreyalik Kvon Kyun Von, gollandiyalik Ossama Assaidi, falastinlik Luis Ximenes va braziliyalik Everton Ribeyro mavjud. Assaidi aslida Marokash, Ximenes CHilida tug'ilgan. Biroq ular ikkinchi fuqarolikka ham ega. Assaidi, Ximenes va Ribeyro hujum chizig'ida katta faollik ko'rsatadi. Halil esa ularni yakunlashda yaxshi harakat qiladi. Everton uchun Evropaning bir qator grand klublari ham kurash olib borishgandi. Yakunda “Ahli” uni “Kruzeyro”dan katta mablag' sarflab, sotib oldi. Aynan ushbu futbolchilar jamoaning asosiy tayanch o'yinchilari sanaladi.

Darvozabonlar

1. Ahmad Sabaan

12. Ahmad Ashuri

33. Saif Abdulla

55. Majid Nosir

Himoyachilar

2. Salmin Hamis

5. Volid Abbos

26. Abdulaziz Haykal

57. Muhammad Sebil

62. Abdulaziz Sanqur

77. Yusuf Ahmad

80. Humayd Abdulla

Yarim himoyachilar

4. Habib Fardan

6. Hasan Abdulrahmon

8. Everton Ribeyro (Braziliya)

19. Ali G'ulom

20. Said Abdulla

21. Kvon Kyun Von (Janubiy Koreya)

23. Odil Hammadi

37. Humayd Abdulla

70. Volid Husayn

71. Navaf Muborak

79. Muhammad Husayn

88. Majid Hassan

97. Ahmad Musa

Hujumchilar

7. Ismoil Hammadi

9. Rodrigo Lima (Braziliya)

11. Ahmad Halil

14. Ussama Assaidi (Marokash)

92. Said Jassim


Finalgacha yo'l

Al Ahli – Al Ahli Jidda – 3:3

Gollar: Ismoil Hammadi 19, 79, Halil 43.

Traktorsozi – Al Ahli – 1:0

Al Ahli – Nasaf – 0:0

Nasaf – Al Ahli – 0:1

Gol: Ribeyro 81.

Al Ahli Jidda – Al Ahli – 2:1

Gol: Ribeyro 16.

Al Ahli – Traktorsozi – 3:2

Gollar: Ribeyro 58, Halil 77, 88.

Nimchorak final

Al Ahli – Al Ayn – 0:0

Al Ayn – Al Ahli – 3:3

Gollar: Hamis 51, Halil 53, 56.

CHorak final

Naft – Al Ahli – 0:1

Gol: Lima 62.

Al Ahli – Naft – 2:1

Gollar: Lima 26, Halil 48-pen.

Yarim final

Al Hilol – Al Ahli – 1:1

Gol: Lima 57.

Al Ahli – Al Hilol – 3:2

Gollar: Lima 17, Ribeyro 45, Kvon Kyun Von 90+5. 


“GUANCHJOU EVERGRAND”

Tashkil topgan yili: 1954

Stadioni: “Tianxe”, 58500 tomoshabin sig'adi

Klub egasi: “Evergrand” RE

Rahbari: Liu Yong Juo

Bosh murabbiyi: Luis Felipe Skolari (Braziliya)

Erishgan yutuqlari: 5 karra Xitoy chempioni (2011, 2012, 2013, 2014, 2015), birinchi liga g'olibi (2007, 2010), Xitoy FA Kubogi sohibi (2012), Xitoy Superkubogi sohibi (2012, 2014, 2015).

“Guanchjou” 2010 yil Xitoy birinchi ligasida ishtirok etardi. 2013 yil esa klublar o'rtasidagi jahon chempionatida qatnashdi. CHo'qqi sari o'ta tez yo'l bosib o'tildi. Bu xuddi ertaklardagi holatga o'xshab ketadi. Lekin pulni aql bilan sarflaganda g'alabalarga tezda erishish mumkinligini guanchjouliklar ibsotlashdi. Ketma-ket 5 mavsumdan buyon Xitoy chempionatida grand bo'lib qolayotgan “Evergrand” buni Osiyo maydonlariga ham ko'chira oldi. Tajribali murabbiylar boshchiligida jamoa sezilarli darajada o'sdi. To'g'ri tanlangan legionerlar jamoani kuchaytirishdi. Dastlab Lippi muvaffaqiyatga erishgan bo'lsa, endi Skolari uning yutug'ini takrorlashga yaqin turibdi.

Luish Felipe SKOLARI

Tug'ilgan sanasi: 09.11.1948

Tug'ilgan joyi: Passo Fundo, Braziliya

Futbolchilikdagi poziciyasi: himoyachi

O'ynagan jamoalari: 1973–1979 “Kashias”, 1980 “Yuventude”, 1980–1981 “Novo Gamburg”, 1981 CSA.

Boshqargan jamoalari: 1982 CSA, 1982–1983 “Yuventude”, 1983 “Brazil Pilotas”, 1984–1985 “Al SHabab”, 1986  “Pelotas”, 1986–1987 “Yuventude”, 1987 “Gremio”, 1988 “Goyas”, 1988–1990 “Al Qodisiya”, 1990 Quvayt terma jamoasi, 1990 “Koritiba”, 1991 “Krikuma”, 1991 “Al Ahli”, 1992 “Al Qodisiya”, 1993–1996 “Gremio”, 1997 “Jubilo Ivata”, 1998–2000 “Palmeyras”, 2000–2001 “Kruzeyro”, 2001–2002 Braziliya terma jamoasi, 2002–2008 Portugaliya terma jamoasi, 2008–2009 “CHelsi”, 2009–2010 “Bunyodkor”, 2010–2012 “Palmeyras”, 2012–2014 Braziliya terma jamoasi, 2014–2015 “Gremio”, 2015 yildan “Guanchjou Evergrand”.

Klub byudjeti 100 million AQSH dollaridan kattaroq summadan iborat. Murabbiylar shtabi va yulduz futbolchilarga katta maosh to'lanadi. Robino OCHLdagi limit tufayli faqat Xitoy chempionati o'yinlarida maydonga tushirildi. Xitoyliklarning deyarli barchasi milliy terma jamoa azolari hisoblanadi. Boshqa tarafdan jamoa turli kompaniyalar bilan hamkorlik va asosiy homiysidan hisob raqamiga katta summada pul tushiradi.

Darvozabonlar

13. Fang Jingki

19. Zeng CHeng

22. Li SHuai

53. Liu Veygu

Himoyachilar

3. Mey Fang

5. Jan Linpeng

6. Feng SHiaoting

17. Liu Jian

33. Rong Xao

35. Li SHuepeng

Yarim himoyachilar

2. Liao Lisheng

4. Jang Jiaki

8. Bezerra Junior (Braziliya)

10. Jeng Ji

11. Rikardo Gulart (Braziliya)

12. Vang SHangyuan

16. Xuang Boven

20. YU Xanchao

21. Jao SHyuri

23. Yang SHin

25. Zou Jeng

26. Vang Jingbin

27. Jeng Long

34. Vang Junxui

49. Vang Rui

Hujumchilar

9. Elkeson (Braziliya)

18. Don SHuesheng

24. Liang SHueming

29. Gao Lin


Finalgacha yo'l

Guanchjou Evergrand – FK Seul – 1:0

Gol: Gulart 31.

Vestern Sidney - Guanchjou Evergrand – 2:3

Gollar: Gulart 19, 58, 64.

Guanchjou Evergrand – Kashima Antlers – 4:3

Gollar: Gulart 10, 62, Elkeson 57, Jao SHyuri 90+2.

Kashima Antlers - Guanchjou Evergrand – 2:1

Gol: Elkeson 75.

FK Seul - Guanchjou Evergrand – 0:0

Guanchjou Evergrand – Vestern Sidney – 0:2

Nimchorak final

Seongnam - Guanchjou Evergrand – 2:1

Gol: Xuang Boven 42.

Guanchjou Evergrand – Seongnam – 2:0

Gollar: Gulart 27-pen, 57.

CHorak final

Kashiva Reysol - Guanchjou Evergrand – 1:3

Gollar: Suzuki 5-avt, Paulino 40, Gao Lin 59.

Guanchjou Evergrand – Kashiva Reysol – 1:1

Gol: Xuang Boven 30.

Yarim final

Guanchjou Evergrand – Gamba Osaka – 2:1

Gollar: Xuang Boven 36, Jeng Ji 57.

Gamba Osaka - Guanchjou Evergrand – 0:0


Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика