So’nggi yangiliklar

23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  0 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  0 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  60 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  9 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6 16:24"Милан" Тео ўрнини "Реал" футболчиси билан тўлдирмоқчи  1 15:55"Футболни Саудия Арабистонига бой бердик". Блаттер ФИФАни танқид қилди  8 15:27Расман: "Барселона" швециялик вингер трансферини эълон қилди  1 15:00"Валенсия" ҳимоячиси "Арсенал"да — Here We Go!  1

OCHL. G'arb mintaqasi guruh bosqichida o'ynaydigan barcha jamoalar malum Yangiliklar

OCHL. G'arb mintaqasi guruh bosqichida o'ynaydigan barcha jamoalar malum

SHunday qilib Osiyo chempionlar ligasining G'arb mintaqasida bu yilgi pley-off bahslari o'z yakuniga etdi.

Pley-off bellashuvlarida qayd etilgan natijalar quyidagicha ko'rinish oldi: 


"Al Garafa" (Qatar) - AGMK (O'zbekiston) 0:1

7 aprel. Doha. "Suheym bin Hamad" stadioni


"Al Vehda" (Saudiya Arabistoni) - "Al Quva Al Javiya" (Iroq) 1:1 (penaltilar - 2:3)

7 aprel. "Qirol Abdul Aziz" stadioni. Makka


"Al Vahda"(BAA) - "Al Zavra" (Iroq) 2:1

7 aprel. "Al Nahyan" stadioni. Abu Dabi


"Fulad" (Eron) - "Al Ayn" (BAA) 4:0

10 aprel. "SHahzoda Faysal bin Fahd" stadioni. Ar Riyod

Pley-offdan so'ng O'zbekistonning AGMK, Iroqning "Al Quva Al Javiya", BAAning "Al Vahda" hamda Eronning "Fulad" klublari guruh uchrashuvlariga yo'l olishdi. Yaxshi bilasiz, safarda "Al Garafa" bilan kechgan bahsda Yovan Jokich tomonidan kiritilgan gol AGMKga g'alaba keltirdi.


Guruh o'yinlari Saudiya Arabistoni, BAA va Hindistonda bo'ladi

Avvalo shuni aytish kerak, bu yildan OCHL ishtirokchilari soni 8taga oshirildi. SHu paytgacha guruh o'yinlarida 32ta jamoa qatnashib kelgan bo'lsa, bu yildan 40taga etkazildi va 10ta guruh vujudga keldi. Natijada har ikki mintaqada 5tadan guruh o'yinlari o'tkaziladi.

G'arb mintaqasi guruh bahslariga uchta mamlakat mezbonlik qiladi: Saudiya Arabistoni, BAA va Hindiston. Saudiya Arabistoni uchta guruhni o'zida qabul qilsa, BAA va Hindiston bittadan guruhga mezbonlik qiladi. Uchta guruhdan ikkitasi Saudiya Arabistonining Ar Riyod va bitta guruh Jidda shahrida o'yinlarni o'tkazadi. Qolgan ikkita guruh SHarja bilan Goada tashkil etiladi.


Guruhlar va jamoalar

"A" guruhi (mezbon shahar - Ar Riyod):

"Al Hilol" (Saudiya Arabistoni)

"SHabab Al Ahli" (BAA)

"Istiqlol" (Tojikiston)

AGMK (O'zbekiston)


"B" guruhi (mezbon shahar - SHarja):

"SHarja" (BAA)

"Traktor" (Eron)

"Paxtakor" (O'zbekiston)

"Al Quva Al Javiya" (Iroq)


"C" guruhi (mezbon shahar - Jidda):

"Al Duhayl" (Qatar)

"Al Ahli" (Saudiya Arabistoni)

"Istiqlol" (Eron)

"Al SHorta" (Iroq)


"D" guruhi (mezbon shahar - Ar Riyod):

"Al Sadd" (Qatar)

"Al Nassr" (Saudiya Arabistoni)

"Al Vihdat" (Iordaniya)

"Fulad" (Eron)


"E" guruhi (mezbon shahar - Goa):

"Persepolis" (Eron)

"Al Rayan" (Qatar)

"Goa" (Hindiston)

"Al Vahda"(BAA)

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика