So’nggi yangiliklar

15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  2 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  3 14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  0 13:57Тимур Кападзе: "Атрофдаги воқеалардан жуда чарчадим"  66 13:34Ямаль: "Олтин тўп"ларим кўп бўлишини орзу қиламан"  5 13:06Аёллар ОЧЛ гуруҳ босқичига қуръа ташланди: "Севинч" Эрон, Хитой ва Ҳиндистон жамоалари билан ўйнайди  3 12:49ЖЧ-2022 ярим финалчиси Ўзбекистон билан ўртоқлик ўйини ўтказмоқчи  11 12:20"Насаф" "Бухоро" дарвозасига 5 та тўп йўллаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  1 11:55Аргентина ва Албания ирқчилик туфайли 6 хонали сондан иборат жаримага тортилди  3 11:19U-23 Осиё кубогига қуръа ташлаш санаси маълум  14 10:57"Реал" ва Испания терма жамоасининг собиқ футболчиси фаолиятини Гонконг чемпионатида давом эттиради  0 10:30Португалия футболи юлдузлари "Шон-шараф" залига киритилди  1 10:04МЮнинг яна бир футболчи фаолиятини Туркияда давом эттиришга яқин  2 09:38Опта ЕЧЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8

OCHL chorak finaliga bir oy qoldi. Klublarda ro'y bergan o'zgarishlar Yangiliklar

OCHL chorak finaliga bir oy qoldi. Klublarda ro'y bergan o'zgarishlar

Yana bir oydan so'ng Osiyo chempionlar ligasining chorak final birinchi o'yinlari bo'lib o'tadi.

Dastavval chorak final juftliklarini yana bir marta yodga olib o'tsak. 

"Al Ayn" (BAA) - "Al Hilol" (S.Arabistoni)

"Persepolis" (Eron) - "Al Ahli" (S.Arabistoni)

"SHanxay SIPG" (Xitoy) - "Guangju Evergrand" (Xitoy)

"Kavasaki Frontale" (Yaponiya) - "Urava Reds" (Yaponiya)

Hozirda G'arbiy Osiyo klublari yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rishmoqda. SHu bilan birga transferlar ham avj olgan. SHarqiy Osiyoda esa milliy chempionat o'yinlari davom etmoqda. 

Quyida OCHL chorak finaliga yo'l olgan klublar tarkibida ro'y bergan o'zgarishlar haqida to'xtalib o'tamiz. 

"Al Ayn" (BAA)

Jamoaga kelganlar: Tcukasa SHiotani ("Sanfreche Xirosima"), Markus Berg ("Panatinaikos")

Jamoadan ketganlar: Li Myung Ju ("Seul"), Nosir Al SHamroni ("Al Hilol"), Said Al Xatri ("Al Dafra")

"Al Ayn" hozircha o'z safini ikki yangi futbolchi bilan to'ldirdi. Jamoa yaponiyalik SHiotani bilan SHveciya terma jamoasi hujumchisi Markus Bergni tarkibga qo'shib oldi. "Al Ayn"da o'ynagan Nosir Al SHamronining ijara muddati tugadi va yana "Al Hilol"ga qaytib ketdi. Bundan tashqari klub Omar Abdulrahmonni "Nicca"ga sotishga rozi bo'lmadi. 

"Al Hilol" (Saudiya Arabistoni)

Jamoaga kelganlar: Ali Al Bulayhi ("Al Fath"), Muxtar Fallatah ("Al Vahda"), Omar Xribin ("Al Dafra"), Ali Al Habsi ("Riding"), Mohamed Kanno ("Al Ittifoq"), Hassan Kadesh ("Al Ittifoq"), Matias Britos (UNAM). 

Jamoadan ketganlar: Abdulmajid Al Ruvayli ("Al Feyha"). 

Yangi mavsum oldidan "Al Hilol"ning eng katta transferi ummonlik darvozabon Ali Al Habsini qo'lga kiritgani bo'ldi. SHuningdek, Urugvay U-22 terma jamoasi yarim himoyachisi Matias Britos ham tarkibga qo'shib olindi. Qolaversa, ijaradan hujumchi Nosir Al SHamroni qaytdi. 

"Persepolis" (Eron)

Jamoaga kelganlar: SHoja Xalilzoda ("Sepaxan"), Godvin Mensha, Siamak Nemati (har ikkalasi "Paykan")

Jamoadan ketganlar: Ramin Rezaeyan ("KV Ostende")

"Persepolis" Iroq futbolchisi Bashar Resanga ham qiziqmoqda, biroq hozircha uni qo'lga kiritmadi. Jamoa Qatarning "Al Xor" jamoasidan Sorush Rafieni ham sotib olishi mumkin. Hozircha "Persepolis" xorijdan futbolchi olib kelgani yo'q.

"Al Ahli" (Saudiya Arabistoni)

Jamoaga kelganlar: Ahmad Al Zain ("Al Taavon"), Klodmir De Souza ("Bryugge")

Jamoadan ketganlar: Hech kim 

Sergey Rebrov boshqaruvidagi jamoa hozircha ikki yangi futbolchi bilan shartnoma imzoladi. "Al Ahli" Italiya "A" seriyasi vakili "Udineze"ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib 1:4 hisobida mag'lub bo'ldi. "Al Ahli"ning navbatdagi nazorat o'yini 23 iyul kuni Turkiyaning "Konyaspor" jamoasi bilan bo'ladi. 

"SHanxay SIPG" (Xitoy)

Jamoaga kelganlar: Hech kim

Jamoadan ketganlar: Hech kim

Xitoyda milliy chempionat davom etayotgani bois mahalliy klublar tranfser ishlarini amalga oshira olishmaydi. SHu bois "SHanxay" mavjud tarkib bilan o'yinlarda ishtirok etmoqda. 

"Guangju Evergrand" (Xitoy)

Jamoaga kelganlar: Muriki ("Vasko de Gama")

Jamoadan ketganlar: Hech kim

2013 yilgi OCHL to'purari Muriki yana qadrdon jamoasiga qaytdi. 31 yoshli hujumchi erkin agent sifatida qaytib keldi. 

"Kavasaki Frontale" (Yaponiya)

Jamoaga kelganlar: Hech kim

Jamoadan ketganlar: Hech kim 

"Urava Reds" (Yaponiya)

Jamoaga kelganlar: Hech kim

Jamoadan ketganlar: Hech kim

X.Xoliqov tayyorladi.


Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика