OCHL. Bugun SHarq mintaqasida 1/8 final o'yinlari start oladi
18 iyu 2019 13:19
Yangiliklar


OCHL. Bugun SHarq mintaqasida 1/8 final o'yinlari start oladi
Bugun Yaponiyaning ikkita klubi o'zaro bahs olib boradi. "Kashima Antlers" o'z maydonida "Sanfrechche Xirosima"ni qabul qiladi. SHuningdek, Xitoyda ham derbi bo'lib o'tadi. "Guangju Evergranjd" o'z uyida "SHandong Luneng"ga qarshi to'p tepadi.
Hamyurtimiz Odil Ahmedov faoliyat olib borayotgan "SHanxay SIPG" ertaga "CHonbuk Motors"ga qarshi maydonga tushadi. Bu o'yin bizning vaqt bilan 17:00da start oladi.
1/8 final. Dastlabki uchrashuvlar
18 iyun. 15:00. "Kashima Antlers" (Yaponiya) - "Sanfrechche Xirosima" (Yaponiya)
18 iyun. 17:00. "Guangju Evergrand" (Xitoy) - "SHandong Luneng" (Xitoy)
19 iyun. 15:30. "Urava Reds" (Yaponiya) - "Ulsan Xyunday" (J.Koreya)
19 iyun. 17:00. "SHanxay SIPG" (Xitoy) - "CHonbuk Motors" (J.Koreya)
Javob bellashuvlari 25-26 iyun kunlari bo'lib o'tadi. Eslatib o'tamiz, G'arb mintaqasida 1/8 final bahslari avgust oyiga belgilangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar