OCHL. Bugun "Paxtakor" va "Bunyodkor" o'ynaydi
05 may 2015 09:00
Yangiliklar
OCHL. Bugun "Paxtakor" va "Bunyodkor" o'ynaydi
Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichi, 6-turi bugun yakuniga etadi.
Toshkentning "Paxtakor" klubi o'z maydonida Saudiya Arabistonining "Al SHabab" klubini qabul qiladi. "SHerlar"da keyingi bosqichga chiqish imkoniyati bor. Buning uchun o'zlari g'alaba qozonishlari va narigi o'yinda "Naft"ning g'alaba qozonmasligini kutishlari kerak. "Paxtakor" stadionidagi o'yin ikkinchi uchrashuv bilan parallel tarzda kechishi uchun soat 20:30da boshlanadi.
# | Jamoa | O' | YU | D | M | UG - O'G | T-N | Ochk |
1 | Al Ayn | 5 | 2 | 3 | 0 | 4 - 2 | 2 | 9 |
2 | Naft | 5 | 2 | 2 | 1 | 8 - 5 | 3 | 8 |
3 | Paxtakor | 5 | 1 | 3 | 1 | 6 - 6 | 0 | 6 |
4 | Al SHabab | 5 | 0 | 2 | 3 | 3 - 8 | -5 | 2 |
"Bunyodkor"da esa guruhdan chiqish imkoniyatlari qolmagan. Lekin shunday bo'lsa ham "qaldirg'ochlar" O'zbekiston sharafini munosib himoya qilish va OCHL kvotalari jadvaliga ochko qo'shish uchun bugun Eronda "Persepolis"ga qarshi maydonga tushishadi. Bu bahs soat 21:05da boshlanadi.
# | Jamoa | O' | YU | D | M | UG - O'G | T-N | Ochk |
1 | Lahviya | 5 | 3 | 1 | 1 | 6 - 4 | 2 | 10 |
2 | Persepolis | 5 | 3 | 0 | 2 | 5 - 6 | -1 | 9 |
3 | Al Nasr | 5 | 2 | 2 | 1 | 6 - 3 | 3 | 8 |
4 | Bunyodkor | 5 | 0 | 1 | 4 | 1 - 5 | -4 | 1 |
Fikrlar