OCHL. Bugun "Paxtakor" va "Bunyodkor" boshlaydi
24 fev 2015 08:00
Yangiliklar
OCHL. Bugun "Paxtakor" va "Bunyodkor" boshlaydi
Musobaqa tarixida ilk bor O'zbekistonning 4ta klubi guruh bosqichida ishtirok etadi. SHu bois endi har tur mamlakatimiz klublari ishtirokidagi 4tadan o'yinga guvohi bo'lamiz.
Bugun "Paxtakor" va "Bunyodkor" klublari o'yinlarini o'tkazishsa, ertaga "Nasaf" hamda "Lokomotiv" ilk turdagi uchrashuvlarda ishtirok etishadi.
O'zbekiston chempioni "Paxtakor" klubi o'z maydonida Eronning "Naft Tehron" klubiga qarshi o'ynaydi. Raqib jamoa ilk bor OCHLda ishtirok etmoqda. Ushbu bahs soat 16:30da "Paxtakor" stadionida boshlanadi.
OCHL pley-offida BAAning "Al Jazira" klubini mag'lub etgan "Bunyodkor" bugun Saudiya Arabistonida mahalliy "Al Nasr" klubi bilan hisob-kitob qiladi. Sergey Lushan shogirdlarining o'yini Toshkent vaqti bilan soat 22:20da start oladi.
Ikkala o'yin saytimiz orqali matnli translyaciya qilinadi. Bundan tashqari SPORT telekanali har ikkala bahsni jonli ravishda efirga uzatishni rejalashtirgan.
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar