OCHL. Bugun "Nasaf" va "Paxtakor" o'ynaydi
19 apr 2016 08:00
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/205292_original.jpg)
![](/upload/storage/205292_220.jpg)
OCHL. Bugun "Nasaf" va "Paxtakor" o'ynaydi
Bugun Osiyo chempionlar ligasi 5-turidan o'rin olgan dastlabki 7ta o'yin bo'lib o'tadi.
Qarshida "Nasaf" klubi BAAning "Al Ayn" klubini qabul qiladi. Mazkur uchrashuv soat 19:30da "Markaziy" stadionda boshlanadi. SPORT telekanali o'yinni jonli ravishda efirga uzatadi.
"Paxtakor" esa BAAda "Al Jazira" klubi mehmoni bo'ladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:50da start oladi. Ikkala o'yinda ham jamoalarimizdan g'alaba kutib qolamiz.
"C" guruhi
20:35 - "Al Hilol" - "Traktor Sozi"
21:50 - "Al Jazira" - "Paxtakor"
"D" guruhi
19:30 - "Nasaf" - "Al Ayn"
21:00 - "Al Jayish" - "Al Ahli"
"G" guruhi
15:00 - "Gamba Osaka" - "Suvon Samsung Bluingz"
16:30 - "SHanxay Ist Eysha" - "Melburn Viktori"
"H" guruhi
15:30 - "Poxang Stilers" - "Guanchjou Evergrand"
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar