OCHL. Bugun ikkinchi finalchi aniqlanadi
24 okt 2018 12:15
Yangiliklar
OCHL. Bugun ikkinchi finalchi aniqlanadi
Kecha Osiyo chempionlar ligasida birinchi yarim final javob uchrashuvi o'tkazildi.
Malumki, Tehrondagi "Ozodi" stadionida kechgan bahs 1:1 hisobida yakun topdi va "Persepolis" bu yilgi OCHL musobaqasining dastlabki finalchisiga aylandi. Bugun Janubiy Koreyada bo'lib o'tadigan o'yindan so'ng ikkinchi finalchi nomi malum bo'ladi.
Bugun "Suwon World Cup Stadium" o'yingohida "Suvon Samsung" klubi Yaponiyaning "Kashima Antlers" jamoasini qabul qiladi. Bahs bizning vaqt bilan 15:00da boshlanadi. Eslatib o'tamiz, birinchi o'yinda "Kashima" klubi o'z maydonida 3:2 hisobida zafar quchgan. Bugungi o'yinni OCHL tarixida ilk bor aqshlik hakam Mark Geyger boshqaradi.



O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar