So’nggi yangiliklar

03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  22 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  11 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  3 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0

OCHL. Birinchi tur taassurotlari Yangiliklar

OCHL. Birinchi tur taassurotlari

Navbatdagi Osiyo chempionlar ligasini to'rtta jamoamizdan uchtasi durang, yana biri mag'lubiyat bilan boshladi.

"Lokomotiv" va "Paxtakor" o'z maydonida, "Bunyodkor" safarda durang qayd etgan bo'lsa, "Nasaf" esa 1:2 hisobida yutqazib qo'ydi.

Albatta, dastlabki turda bizdan hech bir klubning g'alaba qozonmagani kishini biroz ranjitishi turgan gap, biroq o'yinlar saviyasidan kelib chiqib aytganda durang ham yomon emas. Masalan, "Lokomotiv" 23 fevral kuni yutqazib qo'yishi ham mumkin edi, hartugul oxirgi daqiqalarda Sardor Mirzaev tomonidan kiritilgan gol "temiryo'lchilar"ni mag'lubiyatdan saqlab qoldi. 



Mana shu o'yin borasida to'xtaladigan bo'lsak, "Al Ittihod" ko'p ham kuchli ko'rinmadi. Ehtimol, mavsumning birinchi rasmiy uchrashuvi bo'lgani uchunmi, "Lokomotiv" o'zidan kutilgan o'yinni namoyish qila olmadi. Darvoza tomon zarbalar kam berildi. Hujumchilar "portlashi" kerak bo'lgan vaziyatlarda go'yoki bemalol yurishdi. Qolaversa, boshqa futbolchilarda ham bir-birini tushunib harakat qilish ko'zga tashlanmadi.

Ertasi kuni o'z maydonida "Paxtakor" "Al Hilol"ga qarshi to'p surdi va bunda ham durang qayd etildi. O'yinda to'rtta gol kiritilgani bilan uchrashuv juda qiziq kechdi deb bo'lmaydi. Ikkala tomon ham o'yinni past saviyada o'tkazdi. "Paxtakor"ni tushunsa bo'ladi, jamoani bir nechta etakchilar tark etdi, qolaversa endi mavsum boshi bo'lgani uchun o'yin sifati yuqori emas. 



Safarda to'p tepgan "Bunyodkor" o'zining mazmunli o'yini bilan yodda qoldi. Yoshlar tezda jamoaga kirishib ketishibdi. Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi Doston Hamdamovning harakatlari va ikkita goli tahsinga loyiq. Ammo "Bunyodkor"ning butun o'yin davomida kuchni teng taqsimlay olmagani pand berdi. Jamoa bazi vaziyatlarda o'yin suratini tushirib, to'pni o'zida saqlab turishi lozim edi. Lekin "Bunyodkor" biz ham sizlardan kam emasmiz degandek raqibning hujumiga hujum bilan javob berishda davom etaverdi. Bu esa yakunda pand berdi, chunki jamoa tayyor g'alabani qo'ldan chiqardi.

"Nasaf" ham hech bo'lmaganda durangga loyiq edi, lekin yaponiyalik hakamning antiqa qarorlari deb qarshiliklar mag'lub bo'lishdi. Dilshod Rahmatullaevning boshiga ataylab tepgan futbolchiga qarshi hech narsa qila olmagan hakam boshqa bir vaziyatda yo'q joydan Erkin Boydullaevni chetlatdi. Garchi "Nasaf" shu kuni mag'lubiyatga uchragan bo'lsa-da, jamoaning yosh hujumchisi Bobir Abdixoliqov ko'pchilikda iliq taassurot qoldirdi. "Nasaf" futbol maktabi tarbiyalanuvchisi o'zining OCHLdagi ilk o'yinida gol urishga muvaffaq bo'ldi. 



Malumki, hozir Saudiya Arabisitoni chempionatida mavsum qizigandan qizimoqda, bizda esa mana endi-endi boshlanyapti. Mana shu holatdan kelib chiqib aytganda klublarimizning birinchi turdagi ishtirokini salbiy baholay olmaymiz. Agar jamoalarimiz keyingi turlarda o'yindan o'yinga kuchayib borishni eplay olishsa, guruhdan hech bo'lmaganda ikkita jamoaning chiqishiga umid qilsa bo'ladi.

Jasur Aslanov.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика