So’nggi yangiliklar

14:58Янги Зеландия — Ливия. Таркиблар маълум  0 14:45"Женоа" — "Рома". Таркиблар маълум  3 14:11"Ал Насср" Роналдуда вирусли инфекцияни қайд этди, у Ироққа бормайдиган бўлди  0 13:30Ўзбекистон ёшлар терма жамоаси Хитойда ўзидан икки ёш катта бўлган термаларга қарши турнирда ғолиб бўлди  0 12:52"Барселона" қизиқаётган Киммих келажаги ҳақида гапирди  0 12:26"Насаф" Наманганда "Навбаҳор"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 12:11Аргентина терма жамоаси бош мураббийи: "Ўзбекистоннинг бўлажак рақиби Парагвайни қўрқмай, кучли терма жамоа деб айта оламан"  0 11:22Анасхон Раҳматов Ўзбекистоннинг ғалаба қозонишига нима етишмаганини айтди  5 11:08Андрей Луниннинг "Реал"даги янги маоши маълум бўлди  1 10:42Sofascore. Отабек Шукуров янги жамоасидаги дебют ўйинидаги ҳаракатлари учун нечa баҳога лойиқ кўрилди?   1 10:14Лионель Месси бугун юбилей голини урди  8 09:40Sofascore. Турғунбоев ва Алиқулов кечаги учрашувда неча баҳо олди?  0 09:08"Насиб қилса, Парагвайни енгамиз" — Ихтиёр Ропиев  3 08:36Sofascore. Кечаги учрашувда Аббосбек Файзуллаевнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 08:20Туркия чемпионати 5-тур. "Башакшехир" сўнги дақиқада урилган гол эвазига ғалаба қозонди, Осимхен "Галатасарой" сафида илк ўйинини ўтказди  0

"OCHL bahslari nega Saudiya Arabistoniga berilgani, ulardagi sharoit, musobaqaga etibor va biz ham o'tkaza olarmidik?" kabi savollar yuzasidan SHahboz Beg'amov bilan suhbat Yangiliklar

"OCHL bahslari nega Saudiya Arabistoniga berilgani, ulardagi sharoit, musobaqaga etibor va biz ham o'tkaza olarmidik?" kabi savollar yuzasidan SHahboz Beg'amov bilan suhbat

Bugun AGMK OCHL guruh bosqichidan o'rin olgan oxirgi o'yinini o'tkazadi.

Toshkent vaqti bilan 00:00da AGMK va Tojikistonning "Istiqlol" klubi o'rtasidagi bahs start oladi. Xabaringiz bor, OFK Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichini markazlashgan tartibda o'tkazmoqda. AGMK joy olgan guruh uchrashuvlari Saudiya Arabistoni poytaxti Ar Riyodda bo'lib o'tyapti.

U erda musobaqani o'tkazish bilan bog'liq sharoit qanday, tashkilotchilik borasidagi fikrlar va agar guruh mezbonligi bizga berilganida biz ham o'tkaza olarmidik kabi savollar bilan AGMK klubi matbuot kotibi SHahboz Beg'amovga yuzlandik. Negaki Beg'amov ham jamoa bilan birga ikki haftadan ziyod vaqt Ar Riyodda bo'lib turibdi va vaziyatdan juda yaxshi xabardor. 


- SHahboz, markazlashgan tartibda o'tkazilayotgan OCHL guruh o'yinlarida tashkilotchilik qay darajada? 

- OCHL guruh bosqichidagi beshta guruhdan uchtasi Saudiya Arabistonida, qolgan ikkitasi BAA va Hindistonda o'tkazilmoqda. SHarja va Goada tashkiliy ishlar qay darajada aniq bilmadim-u, lekin Saudiya Arabistoni poytaxti Ar Riyodda bo'layotgan guruh o'yinlari yuqori saviyada tashkil etilgan. Har bir jamoaga ikkitadan maxsus klub logotipi bilan to'liq bezatilgan avtobus hamda xuddi shunday tartibda bezatilgan ikkitadan engil avtomashina (Ford) ajratilgan. Avtobus va mashina haydovchilari kun-u tun xizmatda. Ular jamoa bilan birga mehmonxonada karantin talablariga to'liq rioya etgan holda istiqomat qilishmoqda. Saudiya Arabistoni futbol federaciyasi ham tashkiliy ishlarda katta jonbozlik ko'rsatmoqda. Mehmonxonalar ikki tildagi - arabcha va o'zbekcha yozuvdagi bannerlar bilan jihozlangan. 



- Guruhdagi barcha jamoalar bitta mehmonxonada istiqomat qilyaptimi yoki alohidami?

- Ar Riyodda jamoalar alohida mehmonxonalarda istiqomat qilmoqda. Bilishimcha, SHarjada barcha to'rt jamoa bitta joyda yashayapti. Ar Riyodda esa klublar alohida joylashgan. AGMK shaharda yangi barpo etilgan "WAW Hotel" mehmonxonasi xizmatlaridan foydalanmoqda. "Istiqlol" esa "Voco" mehmonxonasiga joylashgan. Mahalliy "Al Hilol" klubi ham 12 apreldan shahardagi mehmonxonani band etib, karantin talablariga to'liq rioya etgan holda istiqomat qilayotganidan xabardorman.

AGMK klubi 12 aprel kuni kechka yaqin keldi va 15 aprelga qadar barcha o'z xonasida ovqatlandi. Yani, mehmonxona xodimlari hammaga saharlik va iftorlik taomlarini xonalariga olib kelib yakka tartibda berishdi. Faqat test javoblari chiqqanidan so'ng butun jamoa bo'lib ovqatlanishga ruxsat berildi. SHuningdek, mehmonxonadagi barcha yakkalangan holda alohida xonalarda istiqomat qilmoqda. Bu erda har o'yindan keyin koronavirusga test olinadi.


- Ar Riyodda aholi orasida ham karantin qoidalari kuchayganmi? Yoki bu faqat futbol klublariga tegishlimi?

- Aholi orasida karantin talablari qay darajada ekanidan ochig'i bexabarman. CHunki biz 12 aprel kuni Ar-Riyodga kelgan bo'lsak, shu kundan etiboran faqat aeroport - mehmonxona - stadion - mehmonxona yo'nalishi bo'ylab harakatdamiz. SHu bois shaharda qanday holat ekanini bilmaymiz. Qiziqib so'raganimizda, biror joyga borayotganda yoki kirmoqchi bo'lsangiz maxsus ilova bo'lishi shart va unda sizning koronavirus borasidagi malumotingiz onlayn yuklanib ko'rsatib turadi. Agar o'sha ilovada sizda yashil rang yonsa, bemalol shahar bo'ylab harakat qilishingiz mumkin ekan. Aks holda hech qaerga bora olmasligingiz aytildi. 



- SHunchaki bekor payt mehmonxonadan chiqib shahar aylansa bo'ladimi? 

- Mehmonxonadan mutlaqo chiqish yo'q. Barcha karantin talablariga jiddiy ravishda to'liq rioya etmoqda. 


- Mehmonxonadagi sharoitlardan ko'ngil to'qmi? 

- Nolib bo'lmaydi. Hammasi yaxshi darajada. Xizmat yaxshi yo'lga qo'yilgan. Faqat o'zbek taomlarini sog'indik. Ayniqsa iftorlik yoki saharlikda o'zimizning palovxonto'ra yoki Qarshining betakror somsasini sog'indi odam. Lekin shuni aytishim kerak, ikki marta saharlikka klubimiz bosh administratori Ruslan aka o'zimizning mastava va oshni tayyorlab berdilar. O'zga yurtda o'zimizning taomlarni tanovul qilish boshqacha bo'larkan. Mehmonxona xo'jayinlari ham o'zbek oshiga mahliyo bo'p qoldi. 



- Mashg'ulot yoki o'yinga ketayotganda shaharda OCHL musobaqasi bo'layotgani nafasi seziladimi? Masalan, ko'chalarda reklama yoki afishalar bormi?

- To'g'risi, buni payqash qiyin. Balki reklamalar bordir. Lekin avtobusimiz AGMK logotiplari bilan shu qadar bezatilganki, ichkari oynadan kechki shahar arang ko'rinadi. CHunki mashg'ulot ham, o'yin ham bu erning vaqti bilan kechki 22:00 atrofida bo'ladi. Qizig'i, Toshkent vaqti bilan bu payt soat tungi 00:00 bo'ladi. AGMK jamoasi ikki haftadan buyon aynan biz uchun noodatiy bo'lgan grafikda shug'ullanib o'ynamoqda. Bu grafikka ham moslashib oldik. Endi Toshkentga qaytganda odatiy hayot tarziga moslashish muammo bo'lsa kerak. Kechasi tunda ishlab, kunduzi dam olishga to'g'ri kelmoqda. Biz-ku mayli, futbolchilarga yanada qiyinroq, chamamda.


- Bilamizki, OCHL o'yinlariga muxlislar kiritilmayapti. SHunga qaramay stadionga kirishga urinish holatlari kuzatildimi? Masalan, "Al Hilol" o'ynagan payt. 

- Savol juda o'rinli va g'irt o'zbekcha. Bizda bo'lganida shunday urinishlar va katta ehtimol tanish-bilishlarga qo'shimcha beyjiklar ham qilib berilishiga ishonardim. Bu erda malum xodimlardan tashqari boshqa hech kim yo'q. Xattoki mezbon "Al Hilol" klubi delegaciyasi ham o'yin kuni stadionda AGMKnikidan ko'p bo'lmaydi. SHunga etibor qildim. Oddiy misol, jarohati tufayli turnirni o'tkazib yuborayotgan Saudiya Arabistoni va "Al Hilol" etakchisi Salmon Al Faraj ham o'yin kunlari stadionga qo'yilmayapti.

Tartib-intizom, karantin qoidalari va reglament bu erda birinchi o'rinda. Bu erda faqat Reglament gapiradi. OFK esa uni qatiy nazorat qiladi. Mezbon jamoa yoki stadion mamuriyati javobgar degan tushuncha yo'q. OFKning masul xodimlari, komissarlar hammasini tiniq nazoratda ushlab turadi. Hattoki jamoa kiyinish xonasiga kimki mayli, nima kirib, nima chiqayotgani ham nazoratda. SHu bois ham OCHL nufuzli musobaqa va hamma uning tartib-qoidalariga bo'ysunadi.


- OFK G'arb mintaqasidagi 5ta guruhdan 3tasining o'yinlarini Saudiya Arabistonida o'tkazishni lozim topdi. Tashkiliy ishlash tomonlama olib qaraganda OFK to'g'ri qaror qabul qildi deb hisoblash mumkinmi?

- SHaxsan o'zim Ar Riyoddagi tashkiliy ishlarni yuqori baholayman. O'tgan yil Qatar bu ishlarni yanada "yorvorganini" eshitgandim, lekin Ar Riyoddagi tashkilotchilik ham yomon emas. OFK bizning guruh manzilida adashmagan deb o'ylayman. O'yinlar Ramazon oyiga to'g'ri kelgani va boshlanish vaqtlari imkon qadar qulay vaqtga, yani iftorlikdan keyin barcha uchun bir xil sharoitda belgilangani ham tahsinga sazovor. Guruhimizdagi o'yinlar ikkita stadionda - "SHahzoda Faysal Bin Fahd" va "Qirol Fahd"da o'tkazilmoqda.


-  Turli darajadagi xalqaro o'yinlarni o'tkazish tomonlama Saudiya Arabistoni nimasi bilan ajralib turadi?

- Men bunday formatdagi markazlashgan OCHL guruh bosqichida ilk marta ishlashim. Xalqaro musobaqalardan faqatgina BAA-2019dagi Osiyo Kubogiga borganman. SHuning uchun taqqoslash biroz noo'rin bo'lsa kerak. SHuni aytishim mumkin, Saudiya Arabistoni tashkiliy ishlar bo'yicha faqatgina Qatardan ortda qolishi mumkin. Lekin BAAdan ko'ra ancha yaxshiroq deya olaman.



- Nima deb o'ylaysiz, agar bitta guruh mezbonligi Toshkentga berilganida biz ham yaxshi saviyada o'tkaza olarmidik?

- Bemalol o'tkazardik. Toshkent nafaqat bitta guruhni, balki kamida ikkita guruhni eplaydi. Gap faqat kadrlarda. Qatiyatda. Malum meyor va belgilangan tartibga rioya etishda. Oddiy misol, bizda ichki chempionat o'yinlarida ham belgilangan malum tartiblarga o'zimiz rioya etmaymiz. Bu esa ishga bo'lgan yondoshuvga bog'liq. Bu hammaga tegishli. O'zimdan boshlab klub va tashkilotchilargacha. Reglamentni hurmat qilishimiz kerak. Tashkilotchilik borasida ham uddalay olamiz. Hamma gap oddiylikda va mayda detallarga ham beetibor bo'lmaslikda. OFK nazorat qilishini inobatga olsak, bu tashkiliy taraflama o'zbek futboli jamoatchiligi uchun ham katta maktab va tajriba bo'lardi. 


- Muxlislarimizda OFK mezbonlikni faqat arablarga beradi degan tushuncha yo'q emas. OCHL G'arb mintaqasining "A" va "D" guruhlari mezbonligi Ar Riyodga berilganiga qarab OFK to'g'ri qaror kelgan deb hisoblash mumkinmi?

- Mutlaqo to'g'ri qaror.


- Bizda ham stadionlar, mashg'ulot maydonlari va yaxshi mehmonxonalar bor. SHunday bo'lsa-da bizda yo'q, lekin saudiyaliklarda bor narsani ayta olasizmi? Balki aynan shu narsa OFK mezbonlikni Saudiya Arabistoniga berishida muhim rol o'ynagan bo'lishi mumkin?

- Bizda Saudiya Arabistonidagi kabi mashg'ulot maydonlari yo'q. Bir dona ham yo'q. To'g'ri, bor, lekin u maydonlarni Ar-Riyoddagi maydonlar bilan solishtirib bo'lmaydi. Bu erda bir nechta mashg'ulot maydonlari misoli gilamdek tekis. Bizda esa sanoqli o'yin o'tkazsa bo'ladigan sifatli maydonlar mavjud. O'sha eng sifatlisi ham bu erdagi mashg'ulot maydoni oldida boshqa darajada. Futbolda maydonga ko'p narsa bog'liq.

Bir oddiy misol. Mavzudan tashqari, lekin ayni haqiqat. Bizda ko'pchilik jamoalar pas o'ynamaydi, futbolchilar to'pni aniq uzatolmaydi yoki fikrlashi sust deymiz. Faqatgina Superliganing malum maydonlari yoki hozirgi kunda Proligadagi sanoqli maydonlar nisbatan sifatli. Qolgan stadionlardagi maydon-chi? Mashg'ulot maydonlarini aytmadim? Futbolchilar har kunlik mashg'ulotni qaysi maydonda o'tkazadi va o'yinni qaysi maydonda o'ynaydi? Farq katta.

Tabiiyki o'yin jarayonida bu narsalar o'yin sifatiga tasir qiladi. Yosh o'sib kelayotgan futbolchilar ham o'zi o'ynagan va o'rgangan maydonga moslashib futbol o'ynaydi. Xuddi shunday katta jamoalar ham. SHu bois bizda barcha klublarda o'yin sifati muxlislar istagandek yuqori darajada bo'lmaydi. Superligada to'p bilan yaxshi o'ynaydigan jamoalarga bir nazar solaylik, "Paxtakor", "Lokomotiv", AGMK, "Nasaf" va "Bunyodkor". CHunki bu jamoalarda nisbatan maydonlar yaxshi. Lekin Evropa va hattoki Osiyo bilan solishtirganda bu jamoalarimizning maydonlari ham talabga javob bermaydi aslida. Xalqaro maydonda esa bu jihat ham farq qiladi va tabiiyki muxlislarga seziladi.

X.Xoliqov suhbatlashdi. 

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика