OCHL. “Al Sadd” ikkinchi 1/4 finalchi!
15 may 2018 00:58
Yangiliklar


OCHL. “Al Sadd” ikkinchi 1/4 finalchi!
OCHL 1/8 final bosqich javob uchrashuvidan o'rin olgan yana bir uchrashuv o'z yakuniga etdi.
Saudiya Arabistonining "Al Ahli" jamoasi o'z uyida Qatarning "Al Sadd" klubini qabul qilib, 2:2 hisobidagi durang natija qayd etdi. O'yinning 70-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Bag'dod Bunendja o'z dublini nishonlash barobarida "Al Sadd"ni chorak finalga olib chiquvchi golga mualliflik qildi.
Aynan shu futbolchi o'yin qahramoniga aylandi. Bunendja avvaliga uchrashuvning 2-daqiqasida hisobni ochdi. 69-daqiqada penaltidan foydalana olmadi, lekin baribir ikkinchi golini kiritib, "Al Sadd"ga chorak final eshiklarini ochib berdi. Bu ikki jamoaning Dohadagi ilk uchrashuvida Xavi jamoadoshlari 2:1 hisobida zafar quchishgandi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar