So’nggi yangiliklar

15:00Ибороҳимҳалил Юлдошев: "Қайрат" жамоаси мени илиқ кутиб олди ва жамоага яхши киришиб кетдим. Корея ва Япония терма жамоалари Осиё кубогида фаворит"  0 14:58Нагельсманн "немис машинаси" билан шартномани узайтирди  0 14:32Футзал бўйича ФИФА Жаҳон чемпионати-2024 мезбон шаҳарлари эълон қилинди  7 14:15Ўзбекистон клублари нега доим футболчилардан қарз бўлаверади? Камолиддин Мурзоев билан интервью  4 14:07Ўзбекистонлик ҳакам футзал бўйича Осиё Кубоги 2-турига тайинланди  0 13:51"Бавария" ҳимоячиси ёзда жамоани тарк этишни истамаяпти  0 13:25"Барселона" ярим ҳимоячиси билан шартномани узайтирмоқчи  0 12:57"Реал" вингери "Барселона"га қарши ўйинни ўтказиб юбориши мумкин  4 12:30МЮ ҳужумчисига харидорлар маълум қилинди  1 12:05Неймар ижтимоий тармоқларда Мбаппени ҳақорат қилди  10 11:43Ўзбекистон футзал терма жамоасининг Ироққа қарши учрашувини баҳрайнлик рефери бошқаради  4 11:22"Пахтакор-79" ПФЛ талабини бажармагани учун Биринчи лигадан четлаштирилиши мумкин  5 10:47Шерзод Эсанов: «Биз Андижон халқи ва »Андижон« мухлислари учун бор кучимизни майдонда берамиз»  9 10:20«Манчестер Сити»нинг ёзги асосий трансфер мақсади маълум  15 09:52Англия клублари 9 йил аввалги нохуш натижани такрорлашди  6

OCHL. AGMK Saudiya Arabistonida yirik hisobda mag'lub bo'ldi va musobaqani tark etdi Yangiliklar

OCHL. AGMK Saudiya Arabistonida yirik hisobda mag'lub bo'ldi va musobaqani tark etdi

OCHL-2019 pley-off bosqichi doirasidagi "Al Nassr" - AGMK uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvning matnli translyaciyasini shu erda kuzatib borish mumkin bo'ldi. 


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


Al Nassr FC

Omar Hawsawi - 55', Sultan Al Ghanam - 62', Giuliano - 80', Giuliano - 90'

AFC Champions League Qualification . final-tur

19/02/2019, 19:00

0
:
4
Tugadi

AGMK

45'
90'
55'  Omar Hawsawi
62'  Sultan Al Ghanam
80'  Giuliano
90'  Giuliano


Osiyo CHempionlari Ligasi-2019
Pley-off bosqichi
"Al Nassr" - AGMK 4:0
19 fevral, Ar-Riyod. "SHaxzoda Faysal bin Faxd" stadioni. 20:00 (Toshkent vaqti).
Hakam: 
Muhammd Taqi Jafari (Singapur)

Gollar: Omar Xavsavi 55, - 1:0. Sulton Al G'annam 62, - 2:0. Juliano 80, - 3:0. Juliano 90+3, - 4:0.

"Al Nassr": 1.Bred Jons, 2.Sulton Al G'annam, 4.Omar Xavsavi, 13.Abdulrahmon Al Obayd, 16.Abdulaziz Al Jebrin (39.Abdulrahmon Al Dossari, 83), 17.Abdulloh Al Xaybari, 18.Maykon, 38.Fahad Bin Jumayah (29.Rakan SHamlan, 79), 42.Firas Al Birakan (8.Yahyo Al SHehri, 70), 71.Abdulloh Al Salim, 77.Juliano.
Zaxira: 33.Volid Ali, 20.Hamid Al Mansur, 26.Abdulloh Madu, 27.Avad Hamis.

AGMK: 32.Suhrob Sultonov, 5.Dilshod Jo'raev, 8.Sanat SHixov, 9.Zafar Polvonov, 17.Murodjon Toshmatov (15.Jasur Hakimov, 59), 19.Jasur Hasanov (11.Zohir Pirimov, 81), 22.Mirolyub Kostich (21.G'ulomHaydar G'ulomov, 64), 23.Akmal SHorahmedov, 31.Saydullo Rahmatov, 33.Sardor Rahmonov, 44.Bobur Yuldashov.
Zaxira: 12.Roman Abdulov, 4.Mirjamol Qosimov, 6.Marko Zochevich, 20.Mirg'iyos Sulaymonov,

Ogohlantirishlar: Zafar Polvonov 34, Mirolyub Kostich 44, Dilshod Jo'raev 59, Al Jebrin 75.



90+3. O'yin tugadi. Afsuski AGMK klubi Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichiga chiqa olmadi.  

90+2. GOL! Yana Juliano 4:0! 

90. Uchrashuvga 3 daqiqa qo'shib berildi

86. Xavfli vaziyat! Dilshod Jo'raev burchakdan uzatilgan to'pga zarba bera olmadi!

85. Xavfli vaziyat! Zafar Polvonov birga bir vaziyatdan foydalana olmadi!

83. O'zgarish. "Al Nassr". Abdulaziz Al Jebrin o'rniga Abdulrahmon Al Dossari tushdi

81. O'zgarish. AGMK. Jasur Hasanov o'rniga Zohir Pirimov tushdi

80. GOL! Juliano hisobni yiriklashtirdi 3:0! VIDEONI KO'RISH

75. Ogohlantirish. "Al Nassr". Al Jebrin

70. O'zgarish. "Al Nassr". Firas Al Birakan o'rniga Yahyo Al SHehri tushdi

65. XAVFLI VAZIYAT! O'ng qanotdan Jasur Hasanov tomonidan uzatilgan to'pni Jasur Hakimov darvozaga yo'llay olmadi, juda va juda qulay vaziyat edi!

64. O'zgarish. AGMK. Mirolyub Kostich o'rniga G'ulom Haydar G'ulomov tushdi

62. GOL! Sulton Al G'annam chiroyli gol urdi - 2:0. VIDEONI KO'RISH

61. Ogohlantirish. AGMK. Dilshod Jo'raev

59. O'zgarish. AGMK. Murodjon Toshmatov o'rniga Jasur Hakimov tushdi

58. ZARBAAAAAAA! Burchakdan oshirib berilgan to'pni Polvonov darvozaga yo'lladi, to'p darvoza to'siniga tegib qaytdi.

55. GOL! Omar Xavsavi hisobni ochdi 1:0. Burchakdan uzatilgan to'pni Xavsavi boshi bilan darvozaga yo'lladi, darvoza chizig'i ustida turgan SHixovning urinishi ham yordam bermadi.    VIDEONI KO'RISH

50. "Al Nassr" ikkinchi taymda ko'proq hujum qilmoqda... bosh murabbiy juda darg'azab

46. Ikkinchi taym boshlandi

 

Dubayda o'tayotgan "Al Nasr" - "Paxtakor" uchrashuvida ham birinchi taym tugadi. U erda "Paxtakor" Dragan CHeran tomonidan urilgan gol evaziga oldinda bormoqda. GOLNI KO'RISH 



45+1. Birinchi taym tugadi. Hozircha hisob 0:0. 

45. Dastlabki bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi

44. Ogohlantirish. AGMK. Kostich

43. Mezbonlar jarima to'piga ega bo'lishdi. Julianoning yo'llagan zarbasini Sultonov egallab oldi

41. ZARBA! Dilshod Jo'raevning darvozaga yo'llagan to'pini Bred Jons ushlab oldi.

40. Jamoalar juda ko'p mayda follarni amalga oshirishmoqda.

34. Ogohlantirish. AGMK. Zafar Polvonov

30. O'yin teng kurashlar ostida davom etmoqda

25. Xavfli vaziyat! "Al Nassr" chap qanotdan hujum uyushtirdi, jarima maydoniga uzatilgan to'pga hech kim eta olmadi!

23. Tomonlar hozirga qadar golga tortadigan vaziyat yaratishmadi.

17. Hozirga qadar AGMK futbolchilari 3 marta qoida buzishdi, mezbonlar umuman qoida buzishmadi.

14. AGMK vakillari chap qanotdan ikkita hujum tashkil etishdi, himoyachilar ikki safar ham to'pni qaytarishdi. Burchak to'pi ham foyda keltirmadi.

12.  "Al Nassr" to'pni o'zida saqlab turibdi, AGMK esa qarshi hujumda o'ynamoqda

6. Mirjalol Qosimov "Istiqlol"ga qarshi o'yinga nisbatan bir qator o'zgarishlar amalga oshirdi: Akbar To'raev bu gal o'yin qaydnomasidan joy olmadi. Mirg'iyoz Sulaymonov, Mirjamol Qosimov va Zohir Pirimov zaxirada.

4. Maydon markazida Sanat SHixovni raqiblar yiqitishdi. AGMK tashabbusni o'z qo'liga olishga urinmoqda. Uzun paslar bilan o'ynashga harakat bor.

2. Ayni paytda Ar-Riyod shahrida kuchli shamol bo'lmoqda. Bu esa o'yin borishiga albatta tasir qilishi aniq.

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Aslida bugungi o'yinga ko'p muxlislar kelishi kutilgandi, biroq hozircha "SHaxzoda Faysal bin Faxd" stadionida 5-6 ming tomoshabin bor xolos.

- Mazkur o'yinda "Al Nassr" safida asosiy hujumchi Abdulrazzoq Hamdallah maydonga tushmaydi. U qaydnomada yo'q. Marokashlik futbolchi jamoasining oxirgi 5ta uchrashuvida 4ta gol urgan va 3ta golli pas bergan. Bundan tashqari Muhammad Sahlavi ham qaydnomada yo'q.

- O'yin Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.








Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика