So’nggi yangiliklar

00:10"Сўғдиёна" Суҳроб Иззатов ва Умид Султонов трансферини эълон қилди  0 23:46"Локомотив" ўртоқлик ўйинида Қувайт клубига имкониятни бой берди  0 23:18"Динамо"да кўрикдан ўтаётган бразилиялик вингерга жавоб берилди  1 22:52Ўртоқлик ўйини. "Динамо" Қирғизистон клубини яна бир марта мағлуб этди  4 22:20Интервью. Шавкат Саидов: "Яна янгиликларимиз бор"  1 21:50Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон футзал термаси Тожикистонни мағлубиятга учратди  0 21:26Расман: Сергей Лушчан "Навбаҳор" клуби бош мураббийи сифатида таништирилди  22 21:03Ўртоқлик учрашуви. ОКМК Беларусь клубига имкониятни бой берди  1 20:35Эшитдик-да! "Навбаҳор"нинг асосий футболчиси легионерга айланиши мумкин  31 20:16Париж-2024. Ҳар бир терма жамоадаги катта ёшли футболчилар  8 19:49Ван Дейк NBA афсонаси Леброн Жеймс билан суратга тушди  4 19:21"Комо" Бонавентурани сотиб олмоқчи  1 18:53Mirabror Usmanov Cup-2024. Қирғиз Республикаси илк учрашувда Гватемаладан устун келди  2 18:32Сергей Лушчан "Навбаҳор" билан шартнома имзолади   26 18:19"Монако" клуб 100 йиллигига аталган сафар либосини тақдим этди  2

"Al Ittihod"ga imkoniyatni boy bergan "Navbahor" CHempionlar Ligasini tark etdi Yangiliklar

"Al Ittihod"ga imkoniyatni boy bergan "Navbahor" CHempionlar Ligasini tark etdi

Osiyo CHempionlar ligasi 1/8 finalidan o'rin olgan "Al Ittihod" - "Navbahor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

"Al Ittihod" — "Navbahor" 2:1
Gollar: Abdulrazzoq Hamid Alloh 45+6`; Toma Tabatadze 87` (avtogol) — Karim Benzema 25(avtogol)

“Al Ittihod”: 1. Abdulloh Al Mayuf, 7.Ngolo Kante, 8.Fabino, 9. Karim Benzema, 15.Hasan Kadish, 16.Faysal Al Gamdi, 17.Marvan Al Sahaf, 26.Ahmed Hegazi (s), 30.Saad al Musa, 37.Favaz Al Yami, 99.Abdurazzoq Hamdallah,
Zaxira: 35.Muhammad Al Manashan, 4.Omar Ibrohim, 6.Sulton Al Farxan, 17. Al Sahafi, 25. Al Manhali, 29.Farxan Al SHamrani,  52. Talal Haji, 77. Saleh Al Jaman.

Bosh murabbiy: Marselo Galyardo.

"Navbahor": 1. O'tkir Yusupov, 9. Odiljon Hamrobekov, 10. Jamshid Iskanderov, 17. Ruslan Jiyanov, 13. Filip Ivanovich, 14. Jamshid Boltaboev, 77. Abror Ismoilov, 23. Yovan Jokich, 34. Farruh Sayfiev, 11. Asadbek Sobirjonov, 22. Toma Tabatadze.
Zaxira: 86.Aleksandr Lobanov, 4. Azimjon Ahmedov, 6.Ibrohim Yo'ldoshev, 33.SHodiyor SHodiboev, 51.Giorgi Nikabadze, 52. Dostonbek Abdulhaev, 53.Alijon Alijonov, 54.Nurmuhammad Toshpo'latov,  88.Ozodbek O'ktamov, 99.Siyavash Haqnazari.

Bosh murabbiy: Samvel Babayan.


Al Ittihad

Abderrazak Hamdallah - 45', Toma Tabatadze - 87'

AFC Champions League Final Stage . 1/8-tur

22/02/2024, 20:00

1
:
2
Tugadi

Navbahor Namangan

Karim Benzema - 25'

45'
90'
45'  Abderrazak Hamdallah
45'  Karim Benzema
71'  Faisel Al-Ghamdi (Saleh Al Jamaan)
71'  Ahmed Alghamdi (Marwan Al Sahafi)
87'  Toma Tabatadze
89'  Saleh Al Jamaan
90'  Karim Benzema (Sultan Al Farhan)
90'  Saleh Al Jamaan (Farha Al-Shamrani)
25'  Karim Benzema
90'  Ruslanbek Jiyanov (Siavash Haghnazari)
90'  Abrorbek Ismoilov (Ibrokhim Yuldoshev)
90'  Toma Tabatadze (Giorgi Nikabadze)
90'  Jamshid Iskandarov (Azimzhon Akhmedov)
90'  Jovan Djokic




Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.

YANGILASH


90+11-daqiqa. Bo'ldi, Ko Xyun Jin final hushtagini chaldi va "Navbahor" Osiyo CHempionlar Ligasini 1/8 final bosqichida yakunlashga majbur bo'ldi! Nima bo'lganda ham, Namangan klubi uchun OCHLdagi ishtirok uchun tashakkur deb qolamiz!   

90+10-daqiqa. Azimjon Ahmedov raqibni turtib yubordi, himoyachi ham hech xafa bo'lmay maydonga yiqildi — fol.

O'zgarish! O'zi zaxiradan maydonga tushirilgan Al Amri o'yinni davom ettira olmaydigan bo'ldi va Al SHamroni maydonga tushdi.

90+8-daqiqa. QIZIL! Yovan Jokich to'pga sakraganiga ishonamiz, ammo Al Amrining boshiga zarba berib yubordi... Tan olish kerak, juda xavfli o'yin va hakam Jokichga qizil kartochka ko'rsatdi!

90+7-daqiqa. O'zgarish! Jamshid Iskanderov o'rniga Azimjon Ahmdov maydonga tushirildi.

90+5-daqiqa. "Al Ittihod" hech qaerga shoshilmayapti va to'pni shunchaki nazorat qilib, vaqtni o'tkazishga urinmoqda.

90+4-daqiqa. O'zgarish! Karim Benzema o'rnini Farxan Al SHamrani bo'shatib berdi.  

90+1-daqiqa. O'zgarishlar! Ruslan Jiyanov, Toma Tabatadze, Abror Ismoilov o'rniga Siyavash Haqnazari , Nikabadze, Ibrohim Yo'ldoshev o'yinni davom ettiradi. 

90-daqiqa. O'yining asosiy vaqtiga bosh hakam 8 daqiqa qo'shib berdi! "Navbahor" gol urishi uchun etarlicha vaqt bor hali. 

89-daqiqa. Ogohlantirish! Solih Al Amriga hakam sariq kartochka ko'rsatdi. U Farruh Soyfievning oyog'iga ochiqchasiga zarba berdi.

Yana O'zbekiston jamoasi so'nggi daqiqalarda to'p qo'yib yubormoqda. 

87-daqiqa. GOL! Toma Tabatadze to'pni darvoza to'riga aniq "yo'lladi"... Ammo O'tkir Yusupov himoya qilayotgan darvozaga. 

86-daqiqa. Futbolchilar charchashgani sezilmoqda... Bo'sh zonalar tobora ko'payib bormoqda.

Biroq uzatmadan keyin himoyachilar to'pni uzoqlashtirishdi.

82-daqiqa. "Navbahor" hujumga o'tdi. Standart ketidan burchak zarbasi ishlandi.

81-daqiqa. Zaxiradan maydonga tushgan Al Amri yana diqqat markazida. Biroq bu safar uning zarbasiga aniqlik etishmadi. 

79-daqiqa. Uzoq burchakda kerakli vaqtda paydo bo'lgan Ivanovichning tizzasi bilan zarbasi qovushmadi... Gol bo'lganida bormi, "Navbahor" g'alaba tomon katta qadam tashlagan bo'lardi. 

78-daqiqa. Ismoilov "Navbahor"ga burchak zarbasi ishlab berdi.

Benzema to'p uchun kurashda raqib himoyachisini maydonga qulatdi — fol.

77-daqiqa. Ha, chindan o'yindan tashqari holat borligini tasdiqlandi, hisob o'zgarmadi — 1:1.

"VAR"ga murojaat qilamiz va ularning qarorini kutamiz. 

75-daqiqa. GOOOOOL! Hegazining uzatmasidan keyin Karim Benzema aniq zarba bilan jamoasini oldinga olib chiqdi. Biroq... Nazarimizda, o'yindan tashqari holat bor edi. 

72-daqiqa. Toma Tabatadze oyoq tomirlari tortishib qolgani sabab maydonga o'tirib qoldi. Iskanderov unga yordam bermoqda. Mezbonlar hakamga vaqt ketayotganini eslatishmoqda. 

71-daqiqa. O'zgarish! Mezbonlar safida ancha faol bo'lgan Saad al Musa o'rniga Solih al Amri o'yinga qo'shildi. 

69-daqiqa. "Navbahor" oldinga o'tdi va burchak zarbasi ishlab oldi. Favaz Al Yami Jiyanov zarba berishiga imkon qoldirmadi. 

Ha, barchasi joyida va Farruh maydonga qaytadi.

61-daqiqa. Farruh Sayfiev... O'zbekiston terma jamoasi azosi o'yinni davom ettira olarmikin? Unga shifokorlar maydonda yordam ko'rsatishdi.  

61-daqiqa. CHaproqdan to'pni qabul qilgan Benzema bu safar jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo'lladi, biroq to'p yo'liga Jokich to'g'anoq bo'ldi. 

60-daqiqa. Benzema sherigi bilan devor uslubida o'ynab, jarima maydonigacha yorib kirgandi, lekin so'nggi pallada himoyachilar uni zararsizlantirishdi.

55-daqiqa. Saad al Musa burchak zarbasi ishlab berdi. Biroq bu safar ham ish yakuniy zarbagacha etib bormadi.   

50-daqiqa. O'yin davom etadi. 

49-daqiqa. Birinchi bo'limda yiqila-yiqila, oxiri niyatiga etgan Abdulrazzoq yana yordamga muhtoj bo'lib yotibdi. 

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Bo'ldi, hakam birinchi bo'lim yakunlanganini bildiruvchi hushtagini chaldi — tanaffus!

45+6-daqiqa. GOOOOOOL! Burchak zarbasidan keyin Karim Benzema havodagi kurashda ustun keldi va Abdulrazzoq yaqin masofadan hisobni tenglashtirdi. Ex, tanaffusga soniyalar qolgandi...  

45+5-daqiqa. Uxx! O'tkir Yusupov ancha xavfli vaziyatda to'pni qaytarishni uddaladi. 

45+4-daqiqa. Ahmed Hegazi to'pni bermaslik uchun Jiyanovning yuziga zarba berib yuborgankan, lekin hakam buni etiborsiz qoldirdi.

45+3-daqiqa. "Navbahor" to'liq tarkib bilan himoyalanmoqda va hozircha raqibga imkon qoldirmayapti.

45+2-daqiqa. Navbatdagi burchak zarbasi.

45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berildi.

Burchakdan uzatmadan keyin Benzema juda kuchli zarba berdi, lekin u qanchalik kuchli bo'lsa, shunchalik noaniq chiqdi. 

39-daqiqa. Ivanovich to'pni qaytarishda sirpanib ketdi va raqibga burchak zarbasi "sovg'a" qildi. 

37-daqiqa. Kadish oddiy vaziyatda o'ziga uzatilgan to'pni to'xtata olmadi. O'yin mezbonlar rejasi bo'yicha ketmayotgani aniq.

36-daqiqa. "Navbahor" burchak zarbasi ishlab oldi. 

33-daqiqa. Gol o'tkazib yuborgan bo'lsada, "Al Ittihod" o'yin tempini oshirishga, "Navbahor"ni shoshirishga imkon topa olmayapti. 

30-daqiqa. Namanganliklar yana bir standart vaziyatdan naf chiqara olishmadi.

28-daqiqa. Markazda murosasiz kurash bo'lmoqda.

Buyog'iga o'yin yanada qizisa kerak.

25-daqiqa. GOOOOOOOL! Karim Benzema "Navbahor"ni oldinga olib chiqdi!

24-daqiqa. Jiyanov aldamchi harakatlar bilan Fabinoni dog'da qoldirib, o'tib ketayotgandi, lekin braziliyalik futbolchi qoidani buzdi. Standart vaziyat.

18-daqiqa. Abdulrazzoq jarima maydonchasi ichida raqibga urilib, maydonga quladi va dumalab ketdi.

17-daqiqa. Uchrashuvdagi birinchi burchak zarbasini mezbonlar amalga oshiradigan bo'ldi. 

15-daqiqa. Jiyanov qanotdan oldinga o'tib, to'pni jarima maydonchasiga yo'lladi o'ta xavfli vaziyat bo'lishi mumkin edi, biroq oxirgi zarbani beradigan futbolchi topilmadi.  

13-daqiqa. Fabino jarima maydonchasiga kiraverishdan aylanma zarbani amalga oshirdi, biroq mo'ljalda biroz adashdi. 

11-daqiqa. Faysal Al Gamdi bir daqiqa ichida ikki bor qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirib, xavf solishga urindi, ammo har ikki safar niyatiga eta olmadi.

10-daqiqa. Toma Tabatadze to'p uchun kurashda Saad al Musaga nisbatan qo'pol o'ynadi deb topildi. 

7-daqiqa. "Al Ittihod"ning navbatdagi urinishi to'xtatildi, lekin "Navbahor" tezkor qarshi hujumga chiqib keta olmadi. 

5-daqiqa. Abdulrazzoq Hamid Alloh uzoq masofadan zarba berishga qaror qildi. Ammo uning urinishi noaniq chiqdi. 

2-daqiqa. Maydon markazida Ngolo Kante Jiyanovga qarshi qo'pol o'ynadi va fol qayd etildi. 

1-daqiqa. O'yinni mezbonlar boshlab berishdi!

Jamoalar maydonga tushib kelishdi.

Har ikki jamoa ustozlari asosiy tarkib borasida bir qarorga kelib ulgurishgan.


Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика