So’nggi yangiliklar

14:32Флик "Севилья"дан қабул қилиб олинган шармандали мағлубиятдан кейин ўзини ҳимоя қилди  3 14:03"Арсенал" сардорининг жароҳати ҳақида маълумот берди  0 13:35Ўзбекистон ва Озарбайжон мезбонлик қиладиган U-20 Жаҳон чемпионати ҳақида нималарни биламиз?  2 13:1018 ёшида Ўзбекистоннинг энг яхши футболчиси бўлган Александр Гейнрих 41 ёшга тўлди  61 12:44Жордан Пикфорд Дэвид Симэннинг АПЛдаги ютуғини такрорлади  1 12:19Каннаваро Тошкентда   17 12:10Манба: Ўзбекистон Каннаварога Хитойга қараганда 8 баравар юқори маош таклиф қилган  25 11:49Келишилган ўйинлар ва ўйинчиларнинг миллионлаб пул тикишлари аниқланди  2 11:23"Реал" ярим ҳимоячисини сотишга тайёр. У Гвардиолага керак  2 10:46Италия футболининг яна бир афсонасининг ўғли А Серияда дебют қилди  1 10:15Sofascore. Захирадан майдонга тушган Файзуллаев ҳужум чизиғидагилар орасида энг катта баҳо олганлар орасида. Шомуродов эса...  11 09:42Акмал Рустамов: "Улар айни вақтда жароҳатдан даволанишмоқда"  0 08:48Отабек Нарзуллаев: "Битта хато - мағлубиятга олиб келди"  0 08:45Лига 1. Ансу Фатининг дубли "Монако"ни мағлубиятдан қутқариб қолди  3 08:20Гвардиола афсонавий Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  13

OCHL. "Al Hilol" - "Paxtakor" o'yiniga oid qiziqarli malumotlar Yangiliklar

OCHL. "Al Hilol" - "Paxtakor" o'yiniga oid qiziqarli malumotlar

Bugun markazlashgan tartibdagi Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi 3-tur bahslariga start beriladi.

Xabaringiz bor, OFK G'arb mintaqasi o'yinlarini Qatarda o'tkazishni lozim topgan. Bugun "Paxtakor" 3-turni Saudiya Arabistoni etakchisi "Al Hilol"ga qarshi o'tkazadi. "Al Janub" stadionida kechadigan bahs soat 23:00da boshlanadi.

Quyida mazkur to'qnashuvga oid bazi malumotlarni keltirib o'tamiz.


- "Al Hilol" Osiyo chempionlar ligasining amaldagi g'olibi hisoblanadi. Bu jamoa "Paxtakor"ga qarshi kechgan oxirgi 6ta o'yindan beri mag'lubiyatga uchramay kelmoqda: 4 g'alaba va 2 durang. Oxirgi 6 o'yinda "Al Hilol" "Paxtakor" darvozasiga 13ta gol urgan.

- "Al Hilol" 2014 yilgi mavsumdan beri ilk bor qatorasiga to'rtta o'yinda g'alaba qozondi. Lekin bu jamoa hali ketma-ket beshta bahsda zafar quchmagan.

- "Paxtakor" bu yilgi musobaqani ikki g'alaba bilan boshladi. Lekin jamoa 2009 yildan beri qatorasiga uchta o'yinda g'alaba qozonmagan. Agar "Paxtakor" bugun g'alaba qozonishni uddalay olsa, yana 2009 yilgi natijasini takrorlagan bo'ladi.

- 2019 yildan buyon "Al Hilol" hujumchisi Bafetimbi Gomis 14ta gol urdi. Jamoadagi eng yaxshi vaziyat yaratuvchi Sebastyan Jovinko bo'lib turibdi. Italiyalik futbolchi 5ta golga hammualliflik qilish bilan birga 36 marta xavfli vaziyat yaratgan.

- "Paxtakor" etakchisi Jaloliddin Masharpov bu yilgi o'yinlarda jamoasining 3ta golida ishtirok etdi. Uning hisobida 1 gol va 2 golli pas bor.



"Al Hilol" erishgan yutuqlar:
Mamlakat chempioni (16 marta) - 1977, 1979, 1985, 1986, 1988, 1990, 1996, 1998, 2002, 2005, 2008,2010, 2011, 2017, 2018, 2020.
Qirol Kubogi sohibi (8 marta) – 1961, 1964, 1980, 1982, 1984, 1989, 2015, 2017, 2019.

"Paxtakor" erishgan yutuqlar:
Mamlakat chempioni (12 marta) - 1992, 1998, 2002, 2003, 2004, 2005, 2006, 2007, 2012, 2014, 2015, 2019.
O'zbekiston Kubogi sohibi (12 marta) – 1993, 1997, 2001, 2002, 2003, 2004, 2005, 2006, 2007, 2009, 2011, 2019.

"Al Hilol"ga oid faktlar:
Aytib o'tganimizdek, "Al Hilol" Osiyoning eng kuchli klublaridan biri hisoblanadi. Bu jamoa 1991 va 2000 yillarda Osiyo klublar chempionatida oltin medallarni qo'lga kiritgan. O'sha payt OCHL shunday nomlanardi. "Al Hilol"ning Osiyo chempionlar ligasidagi ko'rsatkichlari quyidagicha:

CHempion - 2019
Finalchi - 2014, 2017
Yarim final - 2010, 2015
CHorak final - 2007, 2012
1/8 final - 2009, 2011, 2013, 2016
Guruh bosqichi - 2003, 2004, 2006, 2018



"Paxtakor"ga oid faktlar:

Bu "Paxtakor"ning OCHLdagi 16-mavsumi hisoblanadi. Jamoa o'z tarixidagi eng yaxshi natijasini 2002/03 va 2004 yillarda qayd etgan. O'shanda "Paxtakor" yarim finalga qadar borgandi. SHuningdek, 2009 yilgi mavsumda "sherlar" chorak finalda o'ynashgan. 2010 yildan beri jamoa guruhdan chiqa olmayapti. "Paxtakor"ning OCHLdagi ko'rsatkichlari quyidagicha:

Yarim final - 2002/03, 2004
CHorak final - 2009
1/8 final - 2010
Guruh bosqichi - 2005, 2006, 2007, 2008, 2011, 2012, 2013, 2015, 2016, 2019


Al Hilal

Sebastian Giovinco - 45', Hattan Sultan Bahbri - 90'

AFC Champions League Grp. B . 3-tur

15/09/2020, 00:00

1
:
2
Cancelled

Pakhtakor Tashkent

Eren Derdiyok - 70'

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика