OCHL. "Al Hilol" futbolchilari bir daqiqalik sukut saqlashmadi
22 fev 2018 14:41
Yangiliklar


OCHL. "Al Hilol" futbolchilari bir daqiqalik sukut saqlashmadi
Ummon poytaxti Muskatda bo'lib o'tgan "Istiqlol" - "Al Hilol" bahsidan oldin Erondagi aviahalokat sabab bir daqiqalik sukut saqlashga kelishib olingandi.
Biroq Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubi futbolchilari bir daqiqalik sukut saqlash uchun maydon markaziga kelishmadi, hamma o'z joyida turib oldi. Hatto hakamlar ham ularni chaqirishga urinib ko'rishdi, biroq bu ham o'xshamadi.
Malumki, o'tgan haftaning yakshanba kuni Eronda tumanli ob-havo sabab samolyot qulab tushgan va buning oqibatida 66 kishi halok bo'lgandi. O'yinda "Istiqlol" raqib ustidan 1:0 hisobida zafar quchdi va mag'lubiyat sabab "Al Hilol" bosh murabbiyi Ramon Dias darhol ishdan olindi.
O’xshash yangiliklar
23:17
Eron kubogi. "Istiqlol" "Sanat Naft"ni mag'lub etib, finalga chiqdi, Masharipov zaxirada qoldirildi 4

Fikrlar