So’nggi yangiliklar

03:46Сергей Лебедев: "Биз вақтни чўзганимиз йўқ"  0 02:00КЖЧ. "Интер" ва "Урава Ред Даймондс" ўртасидаги ўйин тақдирини 90+2 дақиқада урилган гол ҳал қилди  20 00:03"Арсенал" бир сабабга кўра "Реал"дан Родригони сотиб ололмаслиги мумкин  3 23:11КЖЧ. "Боруссия Дортмунд" ва "Мамелоди Сандаунз" ўртасидаги ўйинда еттита гол урилди  0 22:43Фоден мураббий бўлишни хоҳлайди  1 22:03Суперлига. "Навбаҳор" Наманганда ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этди ва жадвалдаги очколар фарқини қисқартириб олди  83 21:38"Милан" ёш испан футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 20:48"Барселона" чемпионлик учун қанча мукофот пули тўлаши маълум бўлди  18 20:18Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Мамелоди Сандаунс" - "Боруссия" Д. Асосий таркиблар маълум!  1 19:59Про-лига. "ФарДУ" тезкор гол эвазига "Олимпик"ни мағлуб қилди  0 19:23"Реал"га Родри керак  9 18:54"Манчестер Сити" Гвардиолага ўринбосар топиб қўйди  9 18:24Энцо Мареска: "Ўйин услубини ўзгартирамиз"  2 17:53Ислом Исмоилов: "Чили ва Боливия билан ўйинлар жуда керакли тажриба бўлди"  8 17:50Мавсумдаги энг яхши ўртача томошабинлар рейтинги эълон қилинди, Жанубий Америка етакчи, "Барселона" 35-ўринда  13

OCHL. 120-daqiqada urilgan gol AGMKni guruh bosqichiga olib chiqdi! Yangiliklar

OCHL. 120-daqiqada urilgan gol AGMKni guruh bosqichiga olib chiqdi!

Teglar :  OCHLAl GarafaAGMK
Olmaliqning AGMK jamoasi OCHL guruh bosqichiga chiqish uchun Qatarda "Al Garafa"ga qarshi bahs olib bordi.

 Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin.



OCHL-2021. Pley-off bosqichi o'yini.

7 aprel, chorshanba.

"Al Garafa" — AGMK - 0:1  

Doha, "Suhaim Bin Hamad" stadioni.

Hakamlar: Ali Sabah Adday Al-qaysi, Hayder Abdulhasan Ali Ubaydee, Ameer Davud Husseyn Alvindavi, Feras Tavil

Nazoratchi: Naser Darvish Mustafa Algafari

Komissar: Ali Jebril

Gol: Yovan Jokich 120, - 0:1.

"Al Garafa": 21.Yusuf Hassan, 3.Tamim Al Muhaza, 7.Moayad Hassan ( 11.Otman Al Yahri, 109), 8.Yusuf Mutfa (2.Said Al Xaj, 119), 10.Ku Ja CHol, 15.Ektor Ererra, 17.Adlen Gediura, 18.Amro Suraj (6.Muaz Al Salemi,114), 24.Homam Ahmad, 70.Nossir Al Ahrak (9.Ahmad Al Janhi, 69), 94.Sofyan Xanni. 

Zaxira: 1.Qosim Burxon, 23.Ahmed So'fiyon, 40.Abdallah Sirelxatim, 60.Saud Abdulrab, 67.Nossir Al Kaabi, 72.Jassim Al Zarra.

AGMK (4-3-3) - 35.Valijon Rahimov - 77.Dilshod Ahmadaliev, 8.Bobur Yo'ldoshev, 7.Sardor Rahmonov, 2.Akrom Komilov - 23.Yovan Jokich, 17.Sanjar Tursunov (sardor), 22.Sanjar SHoahmedov (11.Murod Toshmatov, 90) - 94.Elvin Fortes (28.SHohruh Gadoev, 46), 18.Aleksandr Kasyan (9.Zafar Polvonov, 90), 10.Husniddin G'ofurov (4.Mirjamol Qosimov, 90+1).

Zaxira: 32.Suhrob Sultonov - 5.Dilshod Jo'raev,  15.Abbos Otaxonov, 20.Mirg'iyos Sulaymonov,  29.Vladimir Kozak, 30.Jasur Umarov. 

Ogohlantirishlar: Boburbek Yo'ldoshev 74, Akrom Komilov 77, Amro Suraj 90+3.


Al-Gharafa

AFC Champions League Qualification . final-tur

07/04/2021, 21:20

1
:
0
Finished AET

AGMK

Jovan Djokic - 120'

45'
90'
120'
120'  Jovan Djokic


YANGILASH



120+2. O'YIN TUGADI! AGMK OCHL guruh bosqichiga chiqdi! "Nasaf" OFK kubogi guruh bosqichida o'ynaydi!

120+1. O'zgarish. AGMK. Tursunov o'rniga Otaxonov tushdi

120. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! YOVAAAAAAAAAAAAN JOKIIIIIIIIIIIICH! Qosimov burchak to'pini amalg oshirdi to'p ustunga tegib qaytdi, qaytgan to'pni Jokich darvozaga joylab qo'ydi - 0:1.

119. O'zgarish. "Al Garafa". Yusuf Mutfa o'rniga Said Al Xaj

117. "Al Garafa"dan shturm, ammo zarba noaniq yakunlandi

114.O'zgarish. "Al Garafa". Amro Suraj o'rniga Muaz Al Salemi

113. ZARBAAAA! Homam Ahmadning ayyorona zarbasidan keyin Rahimov ajoyib seyv namoyish etdi!

110. UXXXX! Komilov autdan to'pni uzatdi, Gadoevning bosh bilan yo'llagan zarbasini darvozabon zo'rg'a qaytardi! Burchak to'pi!

109. O'zgarish. "Al Garafa". Moayad Hassan o'rniga Otman Al Yahri

106. O'yindagi so'nggi bo'lim boshlandi!


105+1. Birinchi qo'shimcha taym yakunlandi, hamon 0:0

105. ZARBA! Yovan Jokichning 25 metrlardan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi

103. ZARBAAAA! Xannining xavfli zarbasini Valijon Rahimov qaytardi.

101. ZARBAAAAAAAAAA! Murodjon Toshmatovning uzatgan to'pini Qosimov darvozaga yo'lladi, to'pni himoyachi qaytardi! 

97. ZARBA! Mirjamol Qosimovning burama zarbasi noaniq chiqdi

90. Birinchi qo'shimcha taym boshlandi


90+3. O'yinning asosiy vaqti yakuniga etdi, oldinda qo'shimcha taymlar

90+3. Ogohlantirish. "Al Garafa". Amro Suraj

90+2. Jarima zarbasidan keyin to'p to'sin ustidan o'tib ketdi

90+1. O'zgarish. AGMK. Husniddin G'ofurov o'rniga Mirjamol Qosimov tushdi

90. O'zgarish. AGMK. SHoahmedov o'rniga Toshmatov, Kasyan o'rniga Polvonov tushdi

89. SHoahmedov hozir raqibni yiqitdi va "Al Garafa"da jarima to'pi, darvozagacha chamasi 30 metrlar bor

86. So'nggi daqiqalarda biroz tashabbus "Al Garafa" tomonida

77. Ogohlantirish. AGMK. Akrom Komilov

74. Ogohlantirish. AGMK. Boburbek Yo'ldoshev

71.  Valijon Rahimov bilan Bobur Yo'ldoshev o'zaro to'qnashib ketdi va Boburga shifokorlarimiz yordam berishdi.

69. O'zgarish. "A Garafa". Nossir Al Ahrak o'rniga Ahmad Al Janhi

59. UXXXX! Burchak zarbasidan keyin Rahmonovning bosh bilan bergan zarbasi xavfli, lekin birozgina noaniq ketdi.

 58. ZARBAAA! Akrom Komilov ajoyib harakatlaridan keyin to'pni darvozaga yo'lladi. Raqib posboni qaytarib yubordi.

53. Gadoevning uzatmasidan keyin Kasyan tepgan to'pni raqib posboni qaytarib yubordi. Ajoyib imkoniyat vujudga kelgandiya.

51. Gol! Tursunovning uzatmasidan keyin Kasyan boshi bilan darvozani ishg'ol qildi. Biroq yon hakam o'yindan tashqari holat qayd etgani tufayli gol inobatga olinmadi.

46. Ikkinchi taym boshlandi

46. O'zgarish. AGMK. Elvin Fortes o'rniga SHohruh Gadoev tushdi.


45+1. Birinchi taym yakunlandi, hozircha 0:0

45. ZARBAAAAAAAAAA! Dahshatli zarba! Sofyan Xanni jarima maydoni ichidan juda kuchli va aniq zarba berdi, Valijon Rahimovdan qoyilmaqom seyv! 

43. UXXX! Xavfli vaziyat! Xanni tomonidan ajoyib to'p uzatish va Amro Suraj birga bir vaziyatga chiqib zarba berdi, biroz noaniq! 

40. "Al Garafa"ning uzoq davom etgan hujumi, hujumdagi fol tufayli yakuniga etmay qoldi

39. ZARBAAA! Adlen Gediuraning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi!

36. Xavfli vaziyat! G'ofurov hozir jarima maydoniga kirib bordi va to'pni Fortesga oshirdi, uning zarbasi himoyachiga tegib tezligi va yo'nalishini o'zgartirdi

34. O'yin tempi juda ham yuqori, futbolchilar tinmay yugurishmoqda...

32. ZARBAAA! Husniddin G'ofurovning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan burama zarbasi ustun yonidan o'tib ketdi!

31. ZARBAAAAAAAAAA! Sanjar SHoahmedovning jarima maydoni ichidan yo'llagan kuchli va aniq zarbasidan keyin darvozabon to'pni qaytardi! 

31. AGMKning hujumi, chap qanotdan G'ofurov raqib jarima maydoniga kirib bordi va yiqildi, hakam penalti yo'q deb hisobladi.

24. To'p nazorati hamon AGMK tomonida, hujumlar soni biroz kamaydi

19. UXXX! Raqib himoyasidagi xatodan keyin SHoahmedov zarba berdi, noaniq!

19. ZARBAAA! G'ofurovning 20 metrlardan yo'llagan kuchli va aniq zarbasidan keyin to'pni darvozabon qaytardi!

18. ZARBAAA! AGMKning hujumi, Komilov G'ofurovga to'p uzatdi, Husniddinning chap qanotdan havolatib uzatgan to'pini Tursunov o'tkir burchakdan darvozaga yo'lladi, noaniq! 

18. Ayni paytda to'p bilan muoamala qilishda AGMK ustun: 54-46.

17. ZARBAAA! Adlen Gediura 20 metrlardan darvozaga aniq zarba berdi, Valijon Rahimov o'z o'rnida!

14. Yana bir hujum, Xanni jarima maydoniga kirib borayotganida Rahmonov to'pni undan olib qo'ydi!

14. UXXXX! Xavfli vaziyat! "Al Garafa" o'ng qanotdan hujum qildi, jarima maydoniga uzatilgan to'pga Moayad Hassan zarba bera olmadi!

13. Uchrashuvni MANA BU HAVOLA orqali tomosha qilish mumkin.

10. AGMK asosan uzun paslar orqali hujumga o'tishga urinmoqda, Kasyan harakat qilmoqda, ammo hozircha natija yo'q

8. ZARBA! Moayad Hassan jarim maydoni ichidan zarba berdi, noaniq! 

 4. UXXXX! Husniddin G'ofurov ajoyib harakatlari bilan raqib himoyachilaridan o'tib ketib, biroq to'pni darvozaga yo'llashga biroz kech qoldi. Bu vaziyatda himoyachi G'ofurovning oyog'iga zarba bergandi!

1. O'yin boshlandi!

- Uchrashuv soat 20:20da boshlanadi.

Reyting: +141   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика