OCHL. "Al Ahli" "Nasaf"ga qarshi jiddiy tayyorlanmoqda
15 mar 2015 11:35
Yangiliklar

OCHL. "Al Ahli" "Nasaf"ga qarshi jiddiy tayyorlanmoqda
Osiyo chempionlar ligasi 3-turida Qarshining "Nasaf" klubi Dubayda "Al Ahli" klubi mehmoni bo'ladi.
Dastlabki ikki turda 1 ochko to'plagan "Al Ahli" klubi 18 martda bo'ladigan o'yinga jiddiy tayyorlanmoqda. Odatda o'yinga bir kun qolganida to'planadigan "Ahli" 14 martdan "Nasaf"ga qarshi tayyorgarlikni boshlab yubordi.
Bosh murabbiy Kosmin Olario jamoa futbolchilariga matbuotga intervyu berishni taqiqlab qo'ygan.
Jamoaga oid yana bir yangilik sifatida 5 nafar futbolchining harbiy xizmatga chaqirilganini aytish mumkin. Ikkinchi darvozabon Ahmad Mahmud, asosiy himoyachilar Volid Abbos, Abdulaziz Sanqur, Abdulaziz Haykal va yarim himoyachi Humaid Abdulla Abbos mavsum oxirigacha jamoaga yordam bera olishmaydi.
Eslatib o'tamiz, "Al Ahli" - "Nasaf" uchrashuvi 18 mart kuni Dubaydagi "Rashid" stadionida bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 21:35da boshlanadi.

Fikrlar