So’nggi yangiliklar

11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  1 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  1 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  2 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  8 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  2 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  4 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  14 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  12 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  11 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  6

OCHL. Ahmedov va Jeparovning 1-turdagi statistikasi qanday? Yangiliklar

OCHL. Ahmedov va Jeparovning 1-turdagi statistikasi qanday?

Osiyo chempionlar ligasi 1-turida O'zbekistonning ikki klubi o'z o'yinlarini o'tkazdi.

SHu bilan bir qatorda ikki nafar legionerimiz o'z klublari safida maydonga tushishdi.

Eronning "Istiqlol" klubi safarda "Ar Rayyan" bilan 2:2 hisobida durang o'ynadi. Ushbu bahsda o'zbekistonlik Server Jeparov Tehron klubi safida to'liq o'ynadi.

Jeparov uchrashuv davomida 1ta zarba berdi va u aniq chiqdi. O'yinda hamyurtimiz 6 marta xavfli vaziyat sodir etgan to'p uzatishni amalga oshirdi. Bahsda Server 83 bor to'pga tegdi va sheriklari 66 marta pas oshirdi. Uning to'p uzatish aniqligi 87,9 foizni tashkil etdi.

Ikki bor Jeparov to'pni raqiblardan olib qo'yishga erishdi. Bir marta raqib futbolchisi Jeparovga nisbatan qoida buzgan bo'lsa, ikki marta uning o'zi qoida buzdi.



Xitoyning "SHanxay SIPG" klubi esa ilk turni Yaponiyada "Kavasaki Frontale"ga qarshi o'tkazib 1:0 hisobida zafar quchdi. O'yinda Odil Ahmedov to'liq harakat qildi.

Hamyurtimiz bir marta xavfli vaziyat sodir etilgan to'p uzatishni amalga oshirdi. U 63 marta to'pga tegdi va sheriklariga 56ta pas berdi. Uning to'p uzatish aniqligi 82,1 foizni tashkil qildi. Ahmedov bir bor raqibdan to'p olib qo'ydi. Odil uchrashuv davomida bir marta qoida buzdi.

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика