So’nggi yangiliklar

03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  18 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  0 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  11 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  2 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  10

OCHL. 4-tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

OCHL. 4-tur ramziy terma jamoasi

Kuni kecha Osiyo chempionlar ligasi 4-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

Odatimizga ko'ra yakunlangan turda o'zini ko'rsatgan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoasini tuzib chiqdik. Ushbu terma jamoadan faqat O'zbekiston klubida o'ynayotgan futbolchilar o'rin olgan.



Bu turda klublarimiz orasida faqat "Lokomotiv" g'olib bo'ldi. SHu bois ushbu klubdan eng ko'p vakil ramziy terma jamoaga kiritildi. Darvozani Ignatiy Nesterovga topshirdi. Tajribali posbon ikkinchi bo'limda raqibning bir qator zarbalarini qaytarishga erishdi va o'z darvozasi dahlsiziligini saqlab qoldi.



Himoyaga Salim Mustafoev va Islom To'xtaxo'jaev joylashtirildi. Ikkala futbolchi ham "Sepaxon"ga qarshi bahsda raqib hujumchilariga etarlicha qarshilik ko'rsatishdi. "Nasaf" "Al Jayish" bilan 0:0 hisobida durang o'ynadi. SHerzod Azamov himoyada ishonchli o'ynadi. "Paxtakor" o'ng qanot himoyachisi Davron Hoshimov o'z qanotida yaxshi o'ynadi. O'tkazilgan gollarda Hoshimovning aybi bo'lmadi.




Yarim himoyada "Nasaf"ning va "Loko"ning ikki futbolchisi o'rin oldi. Artur Gevorkyan bu turda juda faol o'ynadi, biroq uning tashkil etgan hujumlari gol bilan tugamadi. Erkin Boydullaev esa odatdagidek tayanch yarim himoyasida ishonchli o'ynadi. "Temiryo'lchilar" safida bu ishni Kaxi Maxaradze bajardi va "Sepaxon"ga gol urish imkonini bermadi. Server Jeparov uchrashuv davomida etakchilardan biri bo'ldi. Uning zargarona pasidan so'ng Temurxo'ja uchrashuvdagi yagona golni urdi. "Paxtakor" safida "Traktorsozi"ga qarshi o'yinda eng yaxshi harakat qilgan futbolchi bu Jaloliddin Masharipov bo'ldi. CHap qanotda raqiblarga tinchlik bermagan Masharipov ramziy termadan o'rin oldi.



Hujumga "Lokomotiv" hujumchisi Temurxo'ja Abduxoliqovni munosib deb topdik. U ikkinchi bo'limda Jeparovning pasidan so'ng darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib borib jamoasiga 3 ochko keltirgan gol muallifiga aylandi.



4-tur ramziy terma jamoasi
Darvozabon:

Ignatiy Nesterov ("Lokomotiv")

Himoyachilar:
SHerzod Azamov ("Nasaf")
Salim Mustafoev ("Lokomotiv")
Islom To'xtaxo'jaev ("Lokomotiv")
Davron Hoshimov ("Paxtakor")

Yarim himoyachilar:
Erkin Boydullaev ("Nasaf")
Server Jeparov ("Lokomotiv")
Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor")
Kaxi Maxaradze ("Lokomotiv")
Artur Gevorkyan ("Nasaf")

Hujumchi:
Temurxo'ja Abduxoliqov ("Lokomotiv")


Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика