OCHL-2022: “Paxtakor” va “Nasaf” Saudiya Arabistoniga 4 aprel kuni yo'l oladi
29 mar 2022 15:01
Yangiliklar
OCHL-2022: “Paxtakor” va “Nasaf” Saudiya Arabistoniga 4 aprel kuni yo'l oladi
7-27 aprel kunlari Saudiya Arabistoni Osiyo CHempionlar ligasi G'arb mintaqasi guruh bosqich o'yinlariga mezbonlik qiladi.
O'zbekistonning amaldagi chempioni “Paxtakor” klubi “D” guruhida ishtirok etadi va “Al Duhail” (Qatar), “Sepaxon” (Eron) hamda “Al Taavun” (Saudiya Arabistoni) jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
OCHL Pley-offidan muvaffaqiyatli o'tgan O'zbekiston kubogi sohibi “Nasaf” esa “E” guruhida qatnashadi va “Al Sadd” (Qatar), “Al Faysali” (Saudiya Arabistoni) hamda “Al Vehdat” (Iordaniya) jamoalari qarshiligini enggishga urinadi.
“D” guruhi o'yinlari Burayda shahrida, “E” guruhi esa Dammam shahrida bo'lib o'tadi. O'zbekiston sharafini OCHLda himoya qiladigan ikki klub ham Saudiyaga 4 aprel kuni charter reys orqali birgalikda yo'l oladi.
Fikrlar