So’nggi yangiliklar

08:25КЖЧ. "Манчестер Сити" - "Ал Айн" 6:0, Гюндогандан дубль  0 08:15Sofascore. Ҳусанов бугунги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 07:50Ўзбек футболчи учун тарихий кунда "Манчестер Сити" "Ал Айн"ни жуда йирик ҳисобда мағлуб этди  17 07:40Суперлига. "Пахтакор" "Қўқон-1912" устидан ишончли ҳисобда ғалаба қозонди, "Шўртан"да эса камбек  0 07:20Суперлига. Бугун 13-тур якунланади  3 02:36Камолиддин Тожиев: "Ўринбоевнинг таклифи бор. Насиб қилса, у кетади"  2 02:31Баҳром Ҳайдаров: "Бугунги натижа адолатли бўлди"  2 02:04КЖЧ. 7-дақиқадаёқ бир киши кам бўлиб қолган "Реал" "Пачука"га 3 та гол урди  132 00:35Погба янги клуби деярли маълум  3 23:50Элдор Мойлиев: "Вазиятни ўнглаш учун ютмасак бўлмасди"  2 23:31Февзи Давлетов: "Ўйин қизил карточкага қадар давом этди"  2 23:03КЖЧ. "Ювентус" "Видад"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Йилдиздан дубль  6 22:30Ильгиз Танташев клублар ўртасидаги Жаҳон чемпионатида навбатдаги ўйинга тайинланди  7 22:05Суперлига. "Шўртан" ўз майдонида бир киши кам "Сурхон" устидан иродали ғалабани тантана қилди  7 22:00Суперлига. "Пахтакор" ўз майдонида бир киши кам бўлиб қолган "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  76

OCHL-2021. Toru Onike: "Barcha yapon klublariga omad tilayman, lekin yakunda "Kavasaki" chempion bo'lishiga umid qilaman" Yangiliklar

OCHL-2021. Toru Onike: "Barcha yapon klublariga omad tilayman, lekin yakunda "Kavasaki" chempion bo'lishiga umid qilaman"

OCHL-2021 guruh bosqichi 1-turi doirasidagi "Kavasaki Frontale" - "Tegu" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida Yaponiya klubi bosh murabbiyi Toru Onike ishtirok etdi.

"Bu musobaqaga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Oldimizda bitta vazifa bor - musobaqada g'alaba qozonish. Butun jamoamiz OCHL bahslariga tayyor va g'olib bo'lish uchun etarli salohiyatga egamiz", - deydi bosh murabbiy Toru Oniki.

"Biz bu musobaqaga mamlakatimiz chempioni sifatida keldik va OCHLdagi ishtirokimizdan umidimiz katta. Har bir o'yinda g'alaba qozonish uchun harakat qilamiz", - deydi futbolchi Miki Yamane.




- "Kavasaki Frontale" so'nggi yillarni ajoyib o'tkazdi. OCHLda ham, Yaponiya chempionatida ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Osiyo chempionlar ligasi siz uchun qanday ahamiyatga ega?

- Bu musobaqada ishtirok etish bo'yicha etarli tajribamiz bor. Ushbu tajriba OCHLda muvaffaqiyatli ishtirok etishga yordam beradi deb o'ylayman.

- Guruh bosqichida turli jamoalarga qarshi o'ynaysizlar. Bir biridan farqli bo'lgan klublar bilan bahslarga tayyorgarlik qanday kechdi?
Miki Yamanu
: - Ikki kun avval Toshkentga etib keldik. OCHLga etarlicha tayyorgarlik ko'rdik. Biz uchun hozir eng ahamiyatlisi birinchi o'yinda g'alaba qozonish va bor etiborimiz ertangi bahsga qaratilgan.




- Jamoada Yaponiya olimpiya terma jamoasida o'ynaydigan futbolchilar bor. Ularni OCHL bahslarida ishtirok etishlari borasida muammo bo'lmadimi? Bu futbolchilar oldiga qanday vazifalar qo'yilgan?

- Mazkur futbolchilar bilan hech qanday muammo bo'lgani yo'q. Bu o'yinchilar shu klub azosi ekanligini va nima uchun Toshkentga tashrif buyurishganini juda yaxshi bilishadi. Ular g'alaba uchun bor kuchlari bilan o'ynashadi.

- Kecha "Gamba Osaka" murabbiyi ham OCHLda g'olib bo'lmoqchi ekanligini aytgandi. Umuman Yaponiyaning to'rtta klubi OCHLda ishtirok etadi va har birining oldiga chempion bo'lish vazifasi qo'yilgan. Yapon klublarining OCHLdagi ishtiroki haqida qanday fikrdasiz?

- Bu Yaponiya futbolining yuzi va klublarning salohiyati qanday ekanligini ko'rsatib turibdi. Osiyo chempionlar ligasidagi barcha Yaponiya klublariga omad tilayman. Lekin baribir yakunda mening jamoam chempion bo'ladi deb umid qilaman.



Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика