OCHL-2021. Masharipov dastlabki 2 turni o'tkazib yuboradi
14 apr 2021 16:20
Yangiliklar
OCHL-2021. Masharipov dastlabki 2 turni o'tkazib yuboradi
Xabaringiz bor, bugun Osiyo CHempionlar Ligasi yangi mavsumi start oladi.
“A” guruhidan joy olgan BAAning “SHabab Al Ahli” jamoasi ilk tur uchrashuvini ertaga “Istiqlol” (Tojikiston)ga qarshi o'tkazadi.
Avvalroq, Jaloliddin Masharipov musobaqada qatnashish uchun jamoasi bilan Ar-Riyodga etib kelgani haqida xabar bergandik. Biroq, Masharipov diskvalifikaciyasi tufayli ertangi va 2-turdan o'rin olgan “Al Hilol” (S.Arabistoni)ga qarshi uchrashuvda ham “SHabab Al Ahli”ga yordam berolmaydi.
U OCHL o'tgan mavsum chorak finali doirasida o'tgan “Persepolis” – “Paxtakor” (2:0) bahsida eronlik futbolchiga qarshi qo'pol harakat qilgani uchun qizil kartochka olgandi.
SHunday qilib, 27 yoshli vinger 21 aprelga belgilangan 3-tur doirasidagi AGMKga bilan o'yinda maydonga qaytishi mumkin.
Fikrlar