So’nggi yangiliklar

07:35ПСЖ собиқ футболчиси Остон Ўрунов жамоадошига айланди  1 01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  4 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  0 00:37"Челси" Стерлингни сотишни истайди, бироқ бир муаммо бор  0 00:14"Ньюкасл" Исакни сотмоқчи эмас  1 23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  1 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  2 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  3 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  2 20:12Антонио Конте Стерлингни "Наполи"да кўришни истамоқда  2

OCHL-2021. Jeyson Uit: "Bizda ortiqcha bosim yo'q" Yangiliklar

OCHL-2021. Jeyson Uit: "Bizda ortiqcha bosim yo'q"

OCHL-2021 sharq mintaqasidagi “I” guruhidan o'rin olgan "Degu" - "Yunayted Siti" uchrashuvidan oldin matbuot anjumani o'tkazildi.

Unda "Yunayted Siti" bosh murabbiyi Jeyson Uit va futbolchi Bienvenido Maranon qatnashdi. 

"Dastlabki o'yinni unutgan holda bor etiborimizni ertangi uchrashuvga qaratganmiz. Faqat ijobiy natijaga umid qilmoqdamiz. O'yin oson o'tmasligi aniq. Raqib kuchli jamoa, ular mag'lubiyatga uchragan bo'lsada o'zlaridan yaxshi taassurot qoldirdi. Biz ko'tarinki ruhda tayyorgarlik ko'rdik",- deydi Jeyson Uit. 

"Jamoamga foyda keltirishni maqsad qilganman. OFK kubogi bilan OCHL o'rtasida farq katta. OCHL nufuzli musobaqa. O'zimizning eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatmoqchimiz",- deydi Bienvenido Maranon.

- Tayyorgarlik bitta o'yinga qaratilganmi yoki keyingi bahslarni ham o'ylayapsizmi?

- Nafaqat ertangi bellashuv balki barcha o'yinlarga katta ishtiyoq bilan munosabatda bo'lamiz. Musobaqaga o'zimizning xalqaro tajribamizni oshirib, imkoniyatlarimizni ko'rsatgani kelganmiz. Turnirdagi barcha o'yinlar foydali bo'lishi shubhasiz. Oldinda o'yinlar ko'p, g'alabalar qozona olamiz. Bunda musobaqalarla qiyinchiliklar yuzaga kelishi tabiiy. Futbolchilarni har tomonlama tayyorlash qiyin. Har qanday murabbiy uchun bu yangi chaqiruv hisoblanadi. Masalan futbolchi jarohat olsa uni qisqa vaqtda keyingi bahsga tayyorlashimizga to'g'ri keladi. Biz hamma narsaga ijobiy qarayapmiz. Bizda ortiqcha bosim yo'q. O'ylaymanki, o'zimizni har tomonlama ko'rsata olamiz. 

- Pandemiya, musobaqani markazlashgan tarzda o'tishi, Avstraliya klublarining kelmagani va Xitoy jamoasining yoshlar tarkibi bilan ishtirok etayotgani OCHLga bo'lgan qiziqishni pasayganidan darak beradimi?

- Pandemiya butun dunyoga o'zining tasirini o'tkazib kelmoqda. Biz uchun eng muhimi nufuzli turnirga tashrif buyurganimiz. Bundan mamnunmiz. OCHLda o'ynash katta sharaf. Xavfsizlik va futbolchilarning sog'lig'i birinchi o'rinda turadi. SHu sababli ko'p jihatlarni inobatga olish kerak. Markazlashgan tarzda o'tkazishdan boshqa choramiz yo'q. Hozirgi paytda bu eng to'g'risi. Avstraliya jamoalariga keladigan bo'lsak, u erda karantin qoidalariga jiddiy qaraladi. Ularning mazkur qarorga kelishiga vaziyat taqozo qildi. 

- OCHLning formatiga qanday munosabat bildirasiz?

- Bu borada fikrimni bildirsam, afsuski musobaqaga uzoq vaqt tayyorgarlik ko'ra olmadik. SHunday bo'lsada OCHL bizga katta tajriba bo'ladi, deya olaman. Ko'p narsa olib yangiliklar bilan qaytishimizni istayman. 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика