So’nggi yangiliklar

09:01Клопп жамоасини Европа лигасидан чиқиб кетгани ҳақида фикр билдирди  0 08:36Ўзбекистон кубоги. Бугун 2-турга старт берилади  0 08:10Футзал. Бугун терма жамоамиз 2-турда майдонга тушади  0 07:47«Байер» навбатдаги рекордни ўрнатди   4 07:05U-23 Осиё кубоги. Иордания - Қатар 1:2   0 07:00U-23 Осиё кубоги. Индонезия - Австралия 1:0   0 06:55Европа лигаси. "Марсель" - "Бенфика" 1:0 (Пенальтилар 4:2)   0 06:50Европа лигаси. "Рома" - "Милан" 2:1   0 06:45Европа лигаси. "Аталанта" - "Ливерпуль" 0:1   0 06:40Европа лигаси. "Вест Хэм" - "Байер" 1:1   0 03:36ЕКЛ. Ярим финал иштирокичилари маълум  2 02:01Европа лигаси. "Милан" ва "Ливерпуль" мусобақани тарк этди, "Байер" ва "Рома" эса ярим финал иштирокчисига айланди  17 01:17Мартинес ўйин давомида икки марта сариқ карточка олди, аммо майдондан четлатилмади. Бу қоидаларга зид эмасми? Йўқ!   14 00:53Аршавин: "Ливерпул"га қарши тўртта гол урган ўйиним фаолиятимдаги энг яхшиси эмас"  3 00:36Машариповнинг жамоадоши мухлисини бағрига босгани учун жазоланди  7

OCHL. "Paxtakor" guruh bosqichini g'alaba va 1-o'rin bilan tugatdi, 1/8 finaldagi raqib – "Istiqlol" (Eron) Yangiliklar

OCHL. "Paxtakor" guruh bosqichini g'alaba va 1-o'rin bilan tugatdi, 1/8 finaldagi raqib – "Istiqlol" (Eron)

OCHL 6-turidan o'rin olgan "SHahr Xodro" - "Paxtakor" uchrashuvi matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.


OCHL-2020
6-tur, "B" guruhi
"SHahr Xodro" - "Paxtakor" 0:1

Gol: Masharipov (65')
Hakamlar:
Hanna Hattab (Suriya), Ali Ahmad (Suriya), Ronni Koh Min (Singapur), Masud Tufayeli (Suriya).
Nazoratchi: Ismoil Adnan (Iordaniya).

"SHahr Xodro": 33. Matin Safaian, 3.Ali Nemati, 5. Farshad Faraji, 7. Muhammad Qozi Najafabadi, 8. Akbar Sodig'i, 14. Omid Mansuri, 17.Hassan Jafari, 18. Ali Taheran, 20. Muhammadrizo Xalatbari (11. Hussayn Mehribon, 69), 27.Muhammad Faramarzi ( 16. Alirizo Asadabadi, 78), 80. Ruholloh Sayfuolloh (78. Amirhassan Jafari, 78).
Zaxira: 1. Mahdi Rahmati, 22. Muhammadjavod Kia, 9.Amin Qosiminajod, 21. Said Sodig'i, 76. Murtazo Xurosoni, 88. Ali Nabizoda.

"Paxtakor": 25.Eldorbek Suyunov, 3.Hojiakbar Alijonov, 5.Anzur Ismoilov, 9.Jaloliddin Masharipov, 10.Dragan CHeran (8.Asadbek Sobirjonov, 77), 11.Igor Sergeev, 15.Egor Krimec (7.Sadriddin Abdullaev, 67), 17.Dostonbek Hamdamov (99.Javohir Sidiqov, 46), 20.Odiljon Hamrobekov ( 29.Vladimir Kozak, 46), 21.Abror Ismoilov, 34.Farruh Sayfiev ( 4.Akrom Komilov, 46).
Zaxira: 35.Sanjar Quvvatov, 6.Alisher Salimov,  18.Xojimat Erkinov, 23.SHerzod Azamov, 77.Eren Derdiyok.

Ogohlantirishlar: Ali Taheran (30), Xalatbari (45), Nemati (45), Komilov (73), Jafari (76).


Bahs o'z nihoyasiga etdi. "Paxtakor" minimal hisobda g'alabaga erishib, guruh bosqichini muvaffaqiyatli tugatdi. G'alaba muborak, qadrli yurtdoshlar! Endi "sherlar" nimchorak finalda Eroning "Istiqlol" klubi bian to'qnash kelishadi. 

90+4. Raqib burchak to'pini o'yinga kiritdi, himoyachilar to'pni qaytarishdi. 

90+2. "SHahr Xodro" jarima to'piga ega bo'ldi va bu muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlandi.  

Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

88. Masharipovga nisbatan o'yin qoidasi buzildi. 

86. Sadriddin Abdullaev raqib futbolchisini yiqitdi.

84. "Paxtkor" to'p nazoratini o'z qo'liga oldi. 

82. Suyunov to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi va xavfning oldi olindi. 

78. "SHahr Xodro"da o'zgarish: Faramarzi o'rniga Asadabadi, Sayfuolloh o'rniga Jafari tushdi.

77. "Paxtakor"da almashtirish: CHeran o'rniga Sobirjonov tushdi. 

76. Jafari Abror Ismoilovga nisbatan qo'pollik ishlatdi, xakam hushtagi chalindi. Jafari ogohlantirish oldi. 

73. "SHahr Xodro"da jarima zarbasi. Jafarini yiqitgan Komilov sariq kartochka oldi.   

70. Zarba! CHeranning zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi. 

69. "SHahr Xodro"da o'zgarish: Xalatbari o'rniga Mehribon tushdi. 

67. "Paxtakor"da o'zgarish: Krimec o'rniga Abdullaev tushdi. 

65. GOOOOOOOOOOOL!  Masharipov! 0:1!   Sidiqov burchak to'pidan to'pni ichkariga uzatdi, Masharipov bosh bilan raqib darvozasini ishg'ol etdi!  

63. CHeran Sergeevni to'p bilan taminladi, u raqib bilan kurash olib bordi va burchak zarbasi ishlab oldi. 

61. Maydonda teng kurash kechmoqda. 

58. Masharipov ikki raqib futbolchisiga qarshi kurash olib bordi, yakunda to'p vaziyatga aralashgan Komilovga tegib, maydonni tark etdi. 

57.  Zarba! Abror Ismoilovdan ajoyib uzatma, ammo CHeranning bosh bilan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.   

53. Anzur Ismoilovda yana noto'g'ri pas, Sidiqov qulay vaziyatga chiqib ketishi mumkin edi, u oldinga intilayotgandi. 

52. Anzur Ismoilov qanotda turgan Sidiqovni to'p bilan taminlamoqchi bo'ldi, biroq uzatma aniq chiqmadi.

51. Kozakning uzatmasini himoyachilar qaytarib qolishdi. 

49.  Zarbaaa! Masharipovning chap oyoqda uzaoqdan yo'llagan zarbasi ozgina noaniq ko'rinish oldi.

46. "Paxtakor"da bira to'la 3 ta o'zgarish: Sayfiev o'rniga Komilov, Hamrobekov o'rniga Kozak, Hamdamov o'rniga Sidiqov tushirildi

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob ochilmadi - 0:0.  Tanaffus! 

45+3. Masharipovning standartdan yo'llagan zarbasi jonli devorga tegib, maydonni tark etdi. 

45+3. Sergeevga nisbatan juda qo'pol o'ynadi va Ali Nemati sariq kartochka oldi, jarima to'pi.

Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shildi. 

45. Xalatbari ogohlantirish oldi. 

44. Alijonovdan yaxshi o'ylangan uzatma amalga oshirildi, biroq biroz kuchliroq. 

41. Uuxx! Xalatbarining zarbasi darvoza ustuni yonginasidan o'tib ketdi. 

40. Zarba! Sayfievning pasi Alijonovga qadar etib keldi, ammo uning chap oyoqda yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi. 

39. Hamdamov qanotda raqibni aldab o'tdi, ammo yiqitildi, hakam xushtagi chalindi. 

38. Abror Ismoilov ustamonlik bilan raqibdan to'pni olib qo'ydi, ammo uning jamoadoshlari xatoga yo'l qo'yishdi. 

36. Endi esa raqib sardori Sodig'iga bevosita maydonda tibbiy yordam ko'rsatilyapti. 

35. Krimec Jafarining hujum qilishiga to'sqinlik qildi. 

34. Muhammad Qozi Najafabadi belidan jarohat olgani bois tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. 

31. Uuux!  Burchakdan oshirilgan to'pdan keyin CHeranning bosh bilan yo'llagan zarbasi ozgina noaniq ketdi.

30. Ali Taheran CHeranni qo'pollik bilan yiqitdi, etmaganiga keskin etiroz bildirdi, hakam jim turmadi va sariq kartochka ko'rsatdi. 

29. GOL!  Afsuski, Hamdamovning goli o'yindan tashqari holat tufayli bekor qilindi.

27. Uux! Hamrobekovdan ajoyib uzatma, CHeran ichkariga intildi, raqib posboni to'pni mavdon tashqarisiga chiqarib yubordi va bu holatda uning qo'li biroz lat edi. 

"Paxtakor"ga murabbiylik qilayotgan Petr Xyuistra 


25. "SHaxr Hodro" hujumchisi ofsaydda qoldi. Krimec to'pni o'yinga kiritib berdi. 

22. Sayfievdan uzatma, CHerandan bosh bilan zarba! To'p maydon tashqarisiga chiqarib yuborildi.  

21. "Paxtakor" to'pga egalik qilmoqda, hozircha kurash maydon markazida kechmoqda. 

19. Breaking news: "Al Hilol" OCHLdan chetlatildi, uning barcha natijalari bekor qilindi. SHu bois "Paxtakor" va "SHabab Al Ahli" guruhdan chiqishdi. 

"SHahr Xodro" bilan o'yin natijasi hech qanday ahamiyat kasb etmaydi.

17. "SHahr Xodro" jiddiy bosim qilmoqda, ammo "Paxtakor" sekin-asta o'z o'yinini "qurish"ga intilmoqda. 

15. Xalatbari jarima to'pidan uzatmani amalga oshirdi, Nematining zarbasini Suyunov qaytardi. 

13. "SHahr Xodro" xatoga yo'l qo'ydi, o'z navbatida Masharipov ham bundan foydalana bilmadi va bosh bilan noaniq pas berdi, to'p yana raqibda. 

11. Masharipov Sayfievga yaxshi uzatma berdi, lekin raqib himoyachisi to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishga ulgurdi, "Paxtakor" burchak to'piga ega bo'ldi.

10. Hojiakbar Alijonov hujumda raqib himoyachisini yiqitdi. 

8. Abror Ismoilovning pasi hakamga tegib qoldi. 

6. Uuux! Xalatbari birga-bir holatga chiqib bordi, ammo aniq zarba bera olmadi.

6. Zarba! Hamrobekovning zarbasi noaniq. 

5. "Paxtakor" himoyadan boshlab hujum boshlamoqda. Hamdamov va Masharipov hujumda faollik namoyish etishmoqda. 

3. Xalatbarining jarimadan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi. 

1. O'yin boshlandi! 

"Paxtakor" futbolchilari SHota Arveladzeni qo'llab-quvvatlagan holda uning familiyasi tushirilgan libosni ko'tardilar.

Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.



Shahr Khodrou FC

AFC Champions League Grp. B . 6-tur

23/09/2020, 23:00

1
:
0
Tugadi

Pakhtakor Tashkent

Jaloliddin Masharipov - 65'

45'
90'
31'  Ali Taheran
45'  Mohammad Reza Khalatbari
45'  Ali Nemati
69'  Akbar Sadeghi
69'  Mohammad Reza Khalatbari (Hossein Mehraban)
76'  Abolhassan Jafari
78'  Ruhollah Seifollahi (Amirhassan Jafari)
78'  Mohammad Ali Faramarzi (Alireza Asadabadi)
46'  Dostonbek Khamdamov (Javokhir Sidikov)
46'  Khoziakbar Alidzhanov (Akramjon Komilov)
46'  Odildzhon Khamrobekov (Vladimir Kozak)
65'  Jaloliddin Masharipov
67'  Yegor Krimets (Sadriddin Abdullaev)
73'  Akramjon Komilov
77'  Dragan Ceran (Asad Sobirzhonov)

Reyting: +67   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика