So’nggi yangiliklar

21:00Эксклюзив интервью. Сречко Катанец: "10 та ўйиннинг барчасида ғалаба қозонмоқчимиз"   2 20:20Умар Эшмуродов: "Ҳеч ким уч очкони осонгина бериб қўймайди. Суперлигамиз Малайзия чемпионатидан анча кучлироқ экан"  2 20:02"Ал Иттиҳод" ПСЖ ярим ҳимоячиси билан шартнома имзолади, here we go!  1 19:38Виктор Осимхеннинг янги жамоаси маълум  4 19:25Рустам Ашурматов: "КХДР терма жамоаси ҳақида тўлиқ маълумотга эга эмасмиз"  7 18:53"Реал"нинг яна бир футболчиси жароҳат олди ва 8 ҳафтага сафдан чиқди  1 18:22Гари Невилл: "Бугун топ-футболчилар МЮга ўтишни истамаяпти"  2 17:37Ильдар Маматказин: "Навбаҳор" билан зўр финал бўлади. Мухлислар? Яхшиси "Бобур Арена"га келинг"   7 17:22Футзал. Венесуэла футзал терма жамоаси Тошкентга етиб келди  3 16:46Расман: Легионерлардан бири "Ал Насср" билан шартномасини бекор қилди  1 16:00⚡️Сречко Катанец бўлажак рақиб КХДР терма жамоаси ҳақида нималар деди?   7 15:49Де Росси маълумотни тасдиқлади  0 15:19"Ал Иттиҳод" "Арсенал" ярим ҳимоячиси бўйича расмий таклиф юборган  1 15:00⚡️Юсупов ёки Неъматов? Сентябрь ойидаги ўйинларда терма жамоа дарвозасини ким қўриқлайди? Катанец жавоб берди  17 14:18⚡️Сречко Катанец Париж-2024да иштирок этган Ўзбекистон олимпия терма жамоаси ҳақида қандай фикрда?   16

OCHL-2020: Reglamentdagi o'zgarishlar Yangiliklar

OCHL-2020: Reglamentdagi o'zgarishlar

Navbatdagi Osiyo chempionlar ligasi birmuncha erta boshlanadi.

14 yanvardan birinchi o'tish o'yinlariga start berilsa, 21 yanvar kuni "Lokomotiv" va "Bunyodkor" mavsumga kirishadi. "Bunyodkor" shu kuni o'z maydonida Iroqning "Al Zavra" klubini, "Lokomotiv" esa Tojikiston chempioni "Istiqlol"ni qabul qiladi. 

Har ikki jamoamiz birinchi o'yinni ijobiy yakunlagan taqdirda 28 yanvar kuni safarda to'p tepadi. "Lokomotiv" Saudiya Arabistonida "Al Ahli" mehmoni bo'lsa, "Bunyodkor"da BAAda "Al Ayn" bilan kuch sinashadi. Mana shu o'yinlardan keyingina jamoalar g'alaba qozonib OCHL guruh bosqichiga yo'l olishlari mumkin. 

Ko'rib turganingizdek, guruhga chiqish uchun ham birmuncha mashaqqatli yo'ldan yurishga to'g'ri kelyapti. Buning ustiga OFK pley-off uchrashuvlarini bitta bahsdan iborat qilgan va yutqazgan jamoa shu bilan Osiyo chempionlar ligasini tark etadi. 

Bugungi maqolamizd Osiyo chempionlar ligasi reglamentidagi o'zgarish va yangiliklar haqida fikr yuritamiz. Zero O'zbekistondan uchta klub qatnashadigan mazkur musobaqaga doir o'zgarishlarni bilib qo'yish zarar qilmaydi.

 

Darvozabonlarga imtiyoz 

Malumki, Osiyo chempionlar ligasining har bir bosqichidan oldin OFK klublar uchun futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish oynasini ochadi. Masalan, "Lokomotiv" va "Bunyodkor" keyingi yil musobaqani pley-off bosqichidan boshlaydi. Bu degani har ikki klub o'yin boshlanishiga bir hafta qolguniga qadar futbolchi va murabbiylar shtabi ro'yxatini yuborishi lozim. 

Agar klublarimiz pley-offdan muvaffaqiyatli o'tib guruh o'yinlariga yo'llanma olsa, unda yana qo'shimcha "zayavka" qilish imkoniga ega bo'lishadi. Lekin guruhdan chiqqan jamoalar tezda 1/8 final bosqichini o'tkazishi bois bu paytda transfer oynasi ochilmaydi va faqat chorak final o'yinlari oldidan klublar yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish imkoniga ega bo'lishadi. 

OFK shu o'rinda darvozabonlar uchun alohida imtiyoz ishlab chiqdi. Yangi reglamentga ko'ra jarohati bor darvozabon o'rniga boshqasini istalgan bosqich oldidan ro'yxatdan o'tkazish mumkin. Faqat buning uchun klub asos keltirishi, aytaylik, darvozabon jarohat olgani haqida shifokor malumotnomasini taqdim etishi shart. Yangi reglamentga ko'ra maydonda to'p tepadigan futbolchilarni keyingi zayavka oynasi ochilmaguncha ro'yxatdan o'tkazishga ruxsat berilmaydi, faqat darvozabonlar bundan mustasno.

 

Safarga borish holatlari 

Aksar hollarda jamoalarning safarga borish bilan bog'liq muammolar yuzaga keladi. Masalan, viza olishga kechikish, bazi futbolchi yoki klub tizimidagi kishilarga viza chiqmay qolishi. SHuningdek, o'zaro munosabati yaxshi bo'lmagan davlatlarning bir-biriga viza bermasligi yoki ishni paysalga solishi. Nima ham derdik, bu endi siyosat. 

OFK imkon qadar klublarga engillik yaratishga harakat qilyapti, biroq hammasi ham tashkilot qo'lida emas. Masalan, bir necha yildirki Osiyo chempionlar ligasida Saudiya Arabistoni va Eron klublari o'zaro to'qnash kelganda betaraf maydon tanlanyapti. Ko'p hollarda Dubay yoki Dohadagi stadionlarda o'yinlar kechmoqda. 

OCHLda shu paytgacha safarda o'ynaydigan jamoa manzilga o'yindan bir kun oldin etib kelishi mumkin edi. Lekin yangi reglamentga muvofiq safarda o'ynaydigan klub o'yindan kamida ikki kun oldin mehmonda bo'lishi shart. Nima uchun? Avvalgi yillari shunday bo'ldiki, jamoalar bir kun oldin borib shosha-pisha matbuot anjumaniga, undan keyin o'yinoldi mashg'ulotga yugurib qolishardi. 

SHu bois OFK ikki kun oldin jamoa safarda o'ynaydigan shaharda bo'lishi kerakligini uqtiryapti. Agar nimadir sabab bo'lib bir kun oldin borishga to'g'ri kelsa, klub bu haqda OFKni o'yinga bir hafta qolganida aniq sababini keltirgan holda yozma ravishda ogohlantirishi shart. 

O'yindan oldin va keyingi matbuot anjumani 

Ko'pchilikni qiziqtiradigan jihat bu Osiyo chempionlar ligasida har bir o'yindan oldin matbuot anjumani tashkil qilish va o'tkazishdir. Kimlardir o'yindan oldingi matbuot anjumani kerakmas, chunki murabbiylar doim bir xil gapni aytadi deydi. Lekin OFK uchun o'yindan oldingi matbuot anjumani nihoyatda zarur hisoblanadi. SHu paytgacha matbuot anjumanida bosh murabbiy bilan birgalikda ertasi kun maydonga tushadigan asosiy tarkibning bir futbolchisi qatnashib kelardi. OFK bu borada ham o'zgartirish kiritdi. 

Yani, bundan buyon klublar faqat eng yaxshi futbolchini o'yindan oldingi matbuot anjumaniga olib borishlari kerak bo'ladi. Bu o'rinda jurnalistlar ham klubdan biz falonchi futbolchini xohlaymiz deyishi mumkin. CHunki asosiy tarkibda o'ynaydigan 11 futbolchining hammasi ham yulduz bo'lavermaydi. OFK esa faqat taniqli futbolchilarning matbuot anjumanida ishtirok etishini xohlayapti. CHunki mashhur o'yinchilarning fikri muxlislarda ham o'yinga bo'lgan qiziqishni orttiradi. 

Yana bir yangilik shuki, o'yindan keyingi miks-zonadan faqat bosh murabbiy va futbolchilar o'tishi mumkin. Agar jamoadagi boshqa personallar uchun alohida chiqish eshiklari bo'lsa, aytaylik shifokor, massajchi, yordamchi murabbiylar hamda administratorning miks-zonadan o'tishiga zarurat qolmaydi. Ular bemalol orqa eshikdan chiqib ketishlari mumkin. Lekin bosh murabbiy va o'yin qaydnomasiga kiritilgan barcha futbolchilar miks-zonadan o'tishlari shart. 

O'yindan keyingi matbuot anjumanida har ikki jamoa bosh murabbiyi albatta ishtirok etadi. SHuningdek, uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi ham matbuot anjumaniga kiradi. O'yinning eng yaxshi futbolchisi kim bo'lganini uchrashuv komissari mezbon jamoa matbuot kotibiga malum qiladi.

 

Tartib-intizom masalasi 

Bundan buyon futbolchilarga ko'rsatilgani kabi murabbiy yoki klubdagi boshqa personallar ham hakam tomonidan sariq/qizil kartochka bilan jazolanishi mumkin. Agar jamoa bosh murabbiyi ikkita sariq kartochka yoki to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka olsa, u ham futbolchilarga o'xshab keyingi o'yinni o'tkazib yuboradi. Bu bilan OFK tartib-intizomga jiddiy etibor qaratmoqchi. 

Yana bir yangilik shuki, har bir klub OCHLda ko'pi bilan 30 nafargacha futbolchini ro'yxatdan o'tkazishi mumkin. Va shu futbolchilardan uchtasi darvozabon bo'lishi shart. Rasmiy shaxslar (murabbiylar shtabi va klub rahbariyati) soni 20 nafargacha belgilab qo'yildi. 

Tartib deganda o'yindan oldingi rasmiy mashg'ulot paytida yuz beradigan bir holatni aytib o'tmasak bo'lmaydi. Yani, jurnalistlar uchun har doim rasmiy mashg'ulotning dastlabki 15 daqiqasini ko'rishga ruxsat beriladi. SHundan so'ng barcha OAV xodimlari maydonni tark etishi kerak. Lekin shunday hollar bo'ladiki, jamoalar maydonga chiqib kelgach, dastlabki besh daqiqa murabbiyning futbolchilar bilan gaplashishiga o'tib ketadi. 

Sekin-asta chigalyozdi mashqlar boshlandi deguncha qarabsizki 15 daqiqa o'tib qolgan bo'ladi va jurnalistlarning maydonni tark etishiga to'g'ri keladi. Bundan ko'proq fotosuratchilar aziyat chekib qolmoqda. CHunki ular o'zlari xohlagandek rasm olishga ulgurmayapti. Endi maza qilib mashg'ulotni suratga tushiray desa 15 daqiqa o'tib ketgan bo'ladi. 

OFK media departamenti boshlig'i CHetan Kulkarni bu haqda shunday dedi: "15 daqiqa qachonki maydonga tushib kelgan oxirgi futbolchi maydon chizig'ini kesib o'tganidan so'ng boshlanadi. Faraz qiling, hamma futbolchilar maydon ichida. Lekin bittasi tashqarida butsasining ipini bog'layapti. Mashg'ulot boshlanadigan payt bo'lib qolgan bo'lsa ham OAV uchun 15 daqiqa boshlanmay turadi. Qachonki o'sha futbolchi maydonga kirsa keyin daqiqalarga start beriladi. Aytaylik, murabbiy mashg'ulotning dastlabki besh daqiqasini futbolchilar bilan gaplashib o'tkazdi, bunday paytda 15 daqiqa o'tib ketgan bo'lsa ham klub matbuot kotibi o'z murabbiyi oldiga borib jurnalistlar yana ozroq qolmoqchi ekanini bildirishi mumkin".

 

Tartibsizlik va jazo 

Albatta, har bir ishda tartib bo'lgani yaxshi. Tartib bo'lmagan joyda unum bo'lmaydi. Futbolda ham shunday, eng avvalo tartib-intizom birlamchi o'rinda bo'lishi shart. OCHLga bag'ishlangan seminarda huquq bo'yicha mutaxassis Jerrard Tang bir nechta masalalarga alohida etibor qaratdi. 

Birinchisi, bu futbolchilarning chetlatilishi bilan bog'liq vaziyat. Osiyo chempionlar ligasida ikkita sariq kartochka olgan futbolchi keyingi bahsni o'tkazib yuboradi va buni ko'pchilik yaxshi biladi. To'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka olgan futbolchiga nechta o'yin berilishini OFK tartib-intizom qo'mitasi hal qiladi. Bu endi qo'pollik qay darajada amalga oshirilganiga bog'liq. 

- Futbolchi raqibiga nisbatan o'ta qo'pol o'ynab maydondan chetlatilsa, kamida ikkita o'yinga diskvalifikaciya qilinadi. 

- Futbolchi so'ksa yoki kurakda turmaydigan so'zlar bilan hakam yoki boshqani haqorat qilsa chetlatish 3ta o'yindan ikki oyga cho'zilishi mumkin. 

- Futbolchi atayin tepsa yoki yuziga tuflasa jiddiy jazo qo'llaniladi. Bu o'rinda futbolchini kamida 15 o'yin yoki bo'lmasa 12 oylik diskvalifikaciya kutib turgan bo'ladi. 

- Atayin tirsagi bilan raqibga zarba bergan yoki qasddan tepgan futbolchi 10ta o'yin yoki bo'lmasa 6 oyga chetlatiladi. 

- Bundan tashqari OCHLda qatnashadigan har bir klub har bir sariq kartochka uchun 300 dollar, qizil kartochka uchun 600 dollardan jarima sifatida OFKga to'lab boradi. 


Mezbon jamoaga qanday hollarda jarima qo'llanilishi mumkin? Agar mezbon jamoa uy stadionida quyidagi holatlar bo'yicha tartibsizlik yuzaga kelsa OFK jazoga tortadi: 

1. Stadionda feyrvek uyushtirilsa (jarima 5 mingdan 20 ming AQSH dollarigacha); 

2. Futbolchilar ko'ziga lazer tushirilsa (jarima 2000 dollar);

3. Maydonga plastik yoki shisha idishlar otilsa (jarima 2000-5000 dollar oralig'ida). 

 

Bevosita klublarga qo'llaniladigan jazo turlari ham bor:

- Matbuot anjumaniga kirishdan bosh tortish (jarima 10 ming dollar);

- Uchrashuv rasmiylarining miks-zonadan o'tmasligi (jarima 10 ming dollar);

- Intervyu bermaslik (jarima 10 ming dollar);

- Tibbiyot xonasini kerakli jihozlar bilan to'ldirib qo'ymaslik (jarima 20 ming dollar);

- Doping-nazorat xonasi bo'lmasligi (jarima 10 ming dollar);

- Kiyim almashtirish xonasida kerakli jihozlarning bo'lmasligi (jarima 10 ming dollar);

- Tibbiyot xodimlariga zarur sharoit yo'qligi (jarima 20 ming dollar). 

11 dekabr kuni Osiyo chempionlar ligasiga atab o'tkazilgan tadbir yakunida bo'lim boshlig'i Pavel Luzanov shunday dedi: "Jarimalarni qo'llashdan maqsad, klublarga jarima solib ularni jazolash emas, balki hammani tartibli bo'lishga chaqirishdir. Zero tartib-intizom bor joyda ish unumdorligi ham bo'ladi. OFK klublardan tushadigan jarimalar sabab boyib qolmaydi, aksincha klublar yutishda davom etaversa biz mukofot ajratamiz". 

Umuman olganda Pavel Luzanovning fikrida jon bor. CHunki hammamiz stadionga chiroyli o'yin ko'rish uchun boramiz, birovning janjalini yoki tortishuvini tomosha qilish uchun emas. Lekin Osiyo chempionlar ligasi nufuzini yanada oshirish uchun belgilab qo'yilgan qatiy qoidalar ham bo'lishi kerak. Mana shu qoidalar sabab reglament ishlab chiqiladi va hamma unga birdek amal qilishiga to'g'ri keladi. 

X.Xoliqov.

Reyting: -11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика