OCHL-2020. "Paxtakor"ning uchinchi raqibi malum bo'ldi
28 jan 2020 23:16
Yangiliklar
OCHL-2020. "Paxtakor"ning uchinchi raqibi malum bo'ldi
Biroz avval "Al Sayliya"-"SHahr Xodro" uchrashuvi yakunlandi. Bu bahsning natijasi bevosita bizga ham aloqador edi. CHunki mazkur juftlik g'olibi OCHLning yangi mavsumida yurtimiz sharafini himoya qiladigan "Paxtakor" klubi bilan bir guruhdan o'rin olardi. Uchrashuvda gol urilmadi. O'yin taqdiri penaltilar seriyasida hal qilindi va Eron klubi ("SHahr Xodro) guruh bosqich yo'llanmasiga ega chiqdi.
Malumot uchun, Paxtakor guruh bosqichining dastlabki ikki turini o'z uyida o'tkazadi. 1-turda BAAning "SHabab Al Ahli" klubi Toshkentga keladi. Erondagi siyosiy vaziyat tufayli 2-turdan o'rin olgan "SHahr Xodro" - "Paxtakor " uchrashuvi ham Toshkentda o'tkaziladi.
"V" guruhi
10 fevral
"Paxtakor" - "SHabab Al Ahli"
17 fevral
"Paxtakor "- "SHahr Xodro"
3 mart
"Al Hilol" - 2Paxtakor"
6 aprel
"Paxtakor" - "Al Hilol"
21 aprel
"SHabab Ahli" - "Paxtakor"
5 may
"SHahr Xodro" - "Paxtakor"
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar