OCHL-2020. "Lokomotiv"ning bo'lajak raqibi Toshkentga etib keldi
19 jan 2020 13:48
Yangiliklar
OCHL-2020. "Lokomotiv"ning bo'lajak raqibi Toshkentga etib keldi
21 yanvar kuni O'zbekiston vice-chempioni "Lokomotiv" klubi OCHL-2020 ikkinchi saralash bosqichi doirasida Tojikiston chempioni "Istiqlol" klubiga qarshi o'ynaydi.
Bugun Dushanbe klubi delegaciyasi 18 nafar futbolchi bilan Toshkent shahriga etib keldi. "Istiqlol" azolari poytaxtimizdagi "Sofiya" mehmonxonasiga joylashishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Bugun kuning ikkinchi yarmida "Istiqlol" mashg'ulot o'tkazadi. Ertaga o'yinoldi matbuot anjumani hamda rasmiy mashg'ulot bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, "Lokomotiv" - "Istiqlol" uchrashuvi 21 yanvar kuni "Lokomotiv" stadionida bo'lib o'tadi. O'yin soat 15:00da boshlanadi.



O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar