OCHL-2019. AGMKning raqibiga Hakim Fuzaylov bosh murabbiy bo'ldi
03 dek 2018 11:35
Yangiliklar
OCHL-2019. AGMKning raqibiga Hakim Fuzaylov bosh murabbiy bo'ldi
Taniqli mutaxassis Hakim Fuzaylov Dushanbening Istiqlol klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi.
54 yoshli Hakim Fuzaylov bilan shartnoma 3 dekabr kuni imzolandi.
«Ushbu murabbiy oldiga barcha musobaqalarda yuqori natijalar qo'lga kiritish vazifasi qo'yildi», – deb yoziladi «Istiqlol» klubi rasmiy saytida.
Fuzaylov «Buxoro», «Dinamo», «Andijon», «Titan» (Rossiya), «Lokomotiv Moskva» (murabbiy selekcioner), «Rostov» (sport direktori o'rinbosar), «Lokomotiv Toshkent» kabi klublarda faoliyat olib borgan.
2016 yil aprel oyidan 2018 yil mart oyiga qadar Tojikiston milliy terma jamoasini boshqardi.
Eslatib o'tamiz, 2019 yilgi OCHL pley-offida «Istiqlol» O'zbekistonning AGMK klubi bilan to'qnash keladi. Mazkur bahs 12 fevral kuni Olmaliqda bo'lib o'tadi.



O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar