OCHL-2018. Qura 6 dekabr kuni bo'ladi
27 noy 2017 13:30
Yangiliklar
OCHL-2018. Qura 6 dekabr kuni bo'ladi
2018 yilgi Osiyo chempionlar ligasi va OFK kubogi guruh bosqichiga 6 dekabr kuni Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida.
6 dekabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 14:00da (Toshkentda 11:00 bo'ladi) OFK kubogi guruh bosqichiga qura tashlanadi.
Malayziya vaqti bilan soat 16:30da (Toshkentda 13:30 bo'ladi) Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichiga qura tashlash jarayoni boshlanadi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekistonning faqat bitta klubi 2018 yilgi OCHLni guruh bosqichidan boshlaydi. Yana ikki klub musobaqaga pley-offdan qo'shiladi.
Mamlakat chempioni "Lokomotiv" klubi guruh bosqichiga yo'llanma olib bo'ldi. Pley-offning bitta yo'llanmasi Qarshining "Nasaf" klubiga nasib etdi. Ikkinchi yo'llanma esa "Bunyodkor" yoki "Paxtakor" klubiga nasib qiladi. Barchasiga 4 dekabr kungi O'zbekiston kubogi final uchrashuvi oydinlik kiritib beradi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar