So’nggi yangiliklar

01:34"Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга яқин  1 01:08Расман: Элдор Шомуродов - "Истанбул Башакшеҳир" футболчиси!  4 00:59Тео Эрнандес: "Милан" мен учун энг асосийси эди, сўнгги пайтдаги чиқарилган қарорлар мени шу ерга етаклади"  1 00:25"Атлетик" футболчиси Альварес футболдан четлатилди  1 23:53Скотт Мактомини: "Неаполдаги ҳаёт умуман бошқача"  3 23:25Қирғиз Республикаси термаси собиқ бош мураббийи "Алга"ни бошқаради  0 22:42А Серия учрашуви Австралияда ўтказилиши мумкин  0 22:16"Милан" ва "Вулверхэмптон" Олимпиадада Ўзбекистонга гол урган футболчига қизиқмоқда  6 21:50Чиро Иммобиле "Болонья"га ўтди  0 21:21Кунья 10-рақам ҳақида: "Бу мени ғурурлантиради"  1 20:53Диёр Имомхўжаев "Soccer club" ва "Футбол шарҳи" кўрсатувларининг ёпилиш тарихи ҳақида гапириб берди  12 20:24Расман: Эдин Жеко А Серияга қайтди  0 20:00Фердинанд: "Энрике Дембелени суперюлдузга айлантирди, у Мбаппедан ҳам муҳимроқ футболчи бўлиб олди"  8 19:38"Динамо" футболчиси бошқа жамоага йўл олди  0 19:16Ашурматов: "Ҳусанов "Манчестер Сити"га ўтганидан кейин ўзгариб қолмади"  5

OCHL-2018. "Nasaf" – "Al Vasl". O'yinoldi rasmiy tadbirlar haqida Yangiliklar

OCHL-2018. "Nasaf" – "Al Vasl". O'yinoldi rasmiy tadbirlar haqida

Teglar :  OCHLNasafAl Vasl
20 fevral, seshanba kuni “Nasaf” hamda BAAning “Al Vasl” klublari o'rtasida OCHL-2018 guruh bosqichining 2-tur uchrashuvi bo'lib o'tadi.

"Markaziy" stadionda o'tkaziladigan uchrashuv soat 18:00da boshlanadi.

Ushbu uchrashuvdan bir kun avval, yani 19 fevral, dushanba kuni o'yinoldi rasmiy tadbirlar bo'lib o'tadi.

Demak, soat 11:30da boshlanadigan o'yinoldi matbuot anjumanining dastlabki qismida, “Al Vasl” vakillari ishtirok etishadi.

"Nasaf" ustozi Ro'ziqul Berdiev va bir nafar o'yinchi ishtirokidagi matbuot anjumani esa 12:00da boshlanadi.

O'yinoldi matbuot anjumanlari “Markaziy” stadionning anjumanlar zalida bo'lib o'tadi.

SHu kuni har ikkala klub rasmiylari ishtirokidagi yig'ilish (miting) soat 13:00da boshlanadi. Yig'ilish ham “Markaziy” stadionda bo'lib o'tadi. Unda bir qator tashkiliy masalalar qatori, 20 fevral kuni bo'ladigan uchrashuvda jamoalarning qanday liboslarda maydonga tushishi o'zaro kelishib olinadi.

“Nasaf”ning o'yinoldi rasmiy mashg'uloti shu kuni soat 17:00da boshlanadi.

“Al Vasl” jamoasining o'yinoldi rasmiy mashg'uloti esa soat 18:00da boshlanadi. O'yinoldi rasmiy mashg'ulotlari ham  “Markaziy” stadionda o'tkaziladi.

Jurnalistlarga rasmiy mashg'ulotlarning dastlabki 15 daqiqasini kuzatish imkoniyati beriladi.

O'yinoldi matbuot anjumanlarida va jamoalarning rasmiy mashg'ulotlarida klubimiz tomonidan akkreditaciyadan o'tgan jurnalistlar ishtirok etishlari mumkin.

“Nasaf” PFK matbuot xizmati

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика