OCHL-2018. “Al Sadd” – “Nasaf” o'yinoldi rasmiy tadbirlari haqida
11 mar 2018 19:11
Yangiliklar


OCHL-2018. “Al Sadd” – “Nasaf” o'yinoldi rasmiy tadbirlari haqida
Osiyo chempionlar ligasining 4-tur doirasidagi “Al Sadd” – “Nasaf” uchrashuvi oldidan, 12 mart dushanba kuni bir qator rasmiy tadbirlar bo'lib o'tadi.
Dastlab har ikkala klub rasmiylari ishtirokidagi o'tkaziladigan miting, Toshkent vaqti bilan soat 13:00da boshlanadi. Mitingda uchrashuvni tashkil etish bo'yicha tashkiliy masalalar qatori, jamoalar qanday liboslarda maydonga tushishiga aniqlik kiritiladi.
"Nasaf" vakillari ishtirokidagi matbuot anjumani, 12 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:30da boshlanadi.
Mezbon jamoa vakillari ishtirokidagi matbuot anjumani esa, Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanadi.
Rasmiy tadbirlarning barchasi o'yin bo'ladigan, “Jassim Bin Hamad” stadionida tashkil etiladi.
Eslatib o'tamiz, “Al Sadd” – “Nasaf” uchrashuvi 13 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:15da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar