OCHL-2018. “Al Sadd” – “Nasaf” o'yinoldi rasmiy tadbirlari haqida

Narzulla Saydullayev
11 mar 2018, 19:11
Osiyo chempionlar ligasining 4-tur doirasidagi “Al Sadd” – “Nasaf” uchrashuvi oldidan, 12 mart dushanba kuni bir qator rasmiy tadbirlar bo'lib o'tadi.

Dastlab har ikkala klub rasmiylari ishtirokidagi o'tkaziladigan miting, Toshkent vaqti bilan soat 13:00da boshlanadi. Mitingda uchrashuvni tashkil etish bo'yicha tashkiliy masalalar qatori, jamoalar qanday liboslarda maydonga tushishiga aniqlik kiritiladi.

"Nasaf" vakillari ishtirokidagi matbuot anjumani, 12 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat  18:30da boshlanadi.

Mezbon jamoa vakillari ishtirokidagi matbuot anjumani esa, Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanadi.

Rasmiy tadbirlarning barchasi o'yin bo'ladigan, “Jassim Bin Hamad” stadionida tashkil etiladi.

Eslatib o'tamiz, “Al Sadd” – “Nasaf” uchrashuvi 13 mart kuni  Toshkent vaqti bilan soat 20:15da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz