OCHL-2017da qaysi klublar ishtirok etishadi?

Narzulla Saydullayev
5 dek 2016, 15:06
Keyingi haftada 2017 yilgi Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichiga qur'a tashlanadi.

Bu safar O'zbekistondan 3ta klub ushbu musobaqada ishtirok etishadi. Chempion "Lokomotiv" to'g'ridan-to'g'ri guruh bosqichida o'ynasa, "Bunyodkor" va "Nasaf" klublari musobaqani pley-offdan boshlashadi.

Faqatgina Yaponiyadan qaysi klublar ishtirok etishi hozircha oxirigacha aniq emas.

Quyida 2017 yilgi Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etuvchi barcha klublar ro'yxati bilan tanishing:

G'ARB MINTAQASI:

Pley-offda ishtirok etuvchi klublar:


Iordaniya - "Al Vihdat"
Bahrayn - "Al Xidd"
BAA - "Al Vahda"
Sudiya Arabistoni - "Al Fateh"
Eron - "Istiqlol Tehron"
Qatar - "Al Jayish", "Al Sadd"
O'zbekiston - "Bunyodkor", "Nasaf"

Guruh bosqichida o'ynaydigan klublar:

BAA - "Al Ahli", "Al Jazira", "Al Ayn"
Saudiya Arabistoni - "Al Ahli", "Al Hilol", "Al Tavon"
Eron - "Istiqlol Xuziston", "Zob Ahan", "Persepolis"
Qatar - "Ar Rayyan", "Lahviya"
O'zbekiston - "Lokomotiv"


SHARQ MINTAQASI:

Pley-offda ishtirok etuvchi klublar:


Avstraliya - "Brisben Roar"
Tailand - "Sukxotai", "Bangkok Yunayted"
Gongkong - "Kitchi"
Vetnam - "Xanoy TT"
Malayziya - "JoHor Darul Tazim"
Hindiston - "Bengaluru"
Myanmar - "Yadanarbon"
Janubiy Koreya - "Jeju Yunayted"
Yaponiya - "Kavasaki Frontale" yoki boshqa klub
Xitoy - "Shanxay SIPG", "Shanxayn Shenxua"

Guruh bosqichida o'ynaydigan klublar:

Janubiy Koreya - "Seul", "Suvon Samsung Bluingz", "Chonbuk Xyunday Motors"
Yaponiya - "Kashima Antlers", Imperator kubogi g'olibi, "Urava Red Daymonds" yoki "Kavasaki Frontale"
Xitoy - "Guanchjou Evergrand", "Jiangsu Suning"
Avstraliya - "Adelaida Yunayted", "Vestern Sidney Vanderers"
Tailand - "Muangtong Yunayted"
Gongkong - "Istern"

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia