OCHL–2017. “Lokomotiv” – “Istiqlol” uchrashuvini iordaniyalik hakamlar boshqaradi
31 mar 2017 12:34
Yangiliklar
OCHL–2017. “Lokomotiv” – “Istiqlol” uchrashuvini iordaniyalik hakamlar boshqaradi
Osiyo CHempionlar Ligasi–2017 musobaqasining “A” guruhi 4-turidan o'rin olgan “Lokomotiv” (Toshkent) – “Istiqlol” (Tehron) uchrashuviga rasmiylar tayinlandi.
Uchrashuv bosh hakami etib iordaniyalik Adham Muhammad Tumah tayinlandi. Unga qanotlarda hamyurtlari Ahmad Moannas va Issa Mahmud yordam beradi. To'rtinchi hakam vazifasi ham iordaniyalik Muhammad Hasan Mahmudga yuklatildi.
Uchrashuv komissari vazifasii Guam mamlakati vakili Bordalo Maykl Jon bajaradi. Hakamlar nazoratchisi bo'lib BAAlik Salim Said bin Hazim al-Suvaydiy ishlaydi.
“Lokomotiv” va “Istiqlol” o'rtasidagi uchrashuv 11 aprel kuni TTZ mavzesidagi “Lokomotiv” stadionida bo'lib o'tadi. O'yin 16:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.
Fikrlar