So’nggi yangiliklar

02:02Африка Миллатлар кубоги. Марокаш ярим финалда!  0 01:25"Ювентус" "Манчестер Сити" футболчисини текинга қўлга киритмоқчи  0 00:47Испания Суперкубоги финалини ким бошқаради?  1 00:20Майкл Оуэн: "Муҳим ўйинларда Гёкерешга маҳорат етишмаяпти"  0 23:55А Сериянинг декабрь ойидаги энг яхши мураббийи маълум қилинди  0 23:23Сульшер МЮга қайтса, қанча маош олади?  0 23:05Африка Миллатлар кубогидаги илк ярим финалчи маълум!  1 22:52"Истанбул Башакшеҳир" ўртоқлик ўйинида дуранг қайд этди, Аббосбек Файзуллаевдан гол  7 22:32Лиам Росеньор: "Босим - бу афзаллик"  0 22:01Жиянов қўшилди, Юсупов ва Ўринбоев йўқ. "Навбаҳор"нинг бугунги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  2 21:46"Динамо" "Ғазалкент"ни мағлуб этган назорат учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  2 21:20Расман: Торнике Дзебниаури - "Сурхон" футболчиси  7 20:53Расман: "Хоразм" "Сурхон" футболчисини ижарага олди  3 20:33Рафинья "Барселона" тарихига кирди  2 20:15Сака шартномани узайтиради  0

OCHL-2016. “Plef-off”ning barcha ishtirokchilari malum Yangiliklar

OCHL-2016. “Plef-off”ning barcha ishtirokchilari malum

Teglar :  OCHLBunyodkor
Oliy liga 29-turidan so'ng Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi 2015 yilgi O'zbekiston chempionatida 4-o'rinni egallashi aniq bo'lib ulgurdi.

SHu tariqa, 2016 yilgi Osiyo CHempionlar ligasining g'arb mintaqasi “pley-off” bosqichida ishtirok etadigan barcha 15ta jamoa nomi malum bo'lib ulgurdi. Bular:
1.Al-Ittihod” (Jidda, Saudiya Arabistoni)
2.“Naft” (Tehron, Eron)
3.“Bunyodkor” (Toshkent, O'zbekiston)
4.“Al-Jazira” (Abu-Dabi, BAA)
5.“Al-SHabab” (Dubay, BAA)
6.“Al-Sadd” (Doha, Qatar)
7.“Al-Jaish” (Doha, Qatar)
8.“Naft Al-Vasat” (Najaf, Iroq)
9.“Al-Quva Al-Javiya” (Bog'dod, Iroq)
10.“Al-Quvayt” (Al-Quvayt, Quvayt)
11.“Al-Vihdat” (Amman, Iordaniya)
12.“Al-Oruba” (Sur, Ummon)
13.“Al-Muharraq” (Muharraq, Baxrayn)
14.“Al-Ahad” (Bayrut, Livan)
15.“Al-Jaish” (Damashq, Suriya)

2016 yilgi Osiyo CHempionlar ligasi “pley-off” bosqichi xuddi o'tgan yildagi kabi uchta bosqichdan iborat bo'ladi. Dastlabki bosqich 27 yanvar kuni o'tkaziladi va unda oltita jamoa ishtirok etib, uchta g'olib jamoa nomiga oydinlik kiritadilar. SHundan so'ng, ikkinchi bosqichda ishtirok etadigan beshta jamoaga birinchi bosqichning uchta g'olib qo'shilib, to'rtta juftlikni tashkil etishadi. SHu tariqa, yana to'rta jamoa saralab olinadi. Bu o'yinlar 2 fevral kuni bo'lib o'tadi. Va nihoyat “pley-off”ning yakuniy, uchinchi bosqichida ikkinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o'tgan to'rtta jamoa OFK reytinggida nufuzi balandroq bo'lgan mamlakatlar klublari bilan ro'baro' keladilar. Aniqrog'i, Al-Ittihod” (Jidda, Saudiya Arabistoni), “Naft” (Tehron, Eron), “Bunyodkor” (Toshkent, O'zbekiston) va “Al-Jazira” (Abu-Dabi, BAA) klublari yakuniy, uchinchi bosqichdan kurashga qo'shilishib, ikkinchi bosqichdan muvafaqiyatli o'tgan to'rtta jamoani qabul qiladilar. Guruh bosqichiga yo'llanma beruvchi uchinchi bosqich bahslari 9 fevral sanasiga belgilangan. Guruh o'yinlari 23-24 fevraldan boshlanadi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика