OCHL-2016. Endi "Nasaf"ning taqdiri o'z qo'lida emas
19 apr 2016 23:23
Yangiliklar
OCHL-2016. Endi "Nasaf"ning taqdiri o'z qo'lida emas
OCHL 5-turidan o'rin olgan yana bir o'yin yakunlandi.
"Nasaf" klubi bilan bir guruhdan o'rin olgan "Al Jayish" klubi bugun o'z uyida "Al Ahli"ga 1:4 hisobida yutqazib qo'ydi. Sardor Rashidov mezbonlar safida 66 daqiqa harakat qildi.
5-turda o'z uyida "Al Ayn" bilan 1:1 hisobida durang o'ynagan "Nasaf"da guruhdan chiqish imkoniyati saqlanib qoldi. Lekin endi Ro'ziqul Berdiev shogirdlarining taqdiri o'z qo'lida emas.
Oxirgi turda "Nasaf" BAAda "Al Ayn"ni mag'lub etishi va ikkinchi o'yinda "Al Jayish" Saudiya Arabistonida "Al Ahli"ga yutqazmasligi (g'alaba yoki durang) kerak. SHunday bo'lsa "ajdarlar" keyingi bosqichga yo'l olishadi.
"Al Jayish" - "Al Ahli" 1:4
Gollar: Hamdallah 51 - Hassan Seraj 22, 57, Muhannad Asiri 43, Mutaz Havsavi 52.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar