OCHL-2016. CHempion 3 million, finalchi 1 million dollar mukofot puli oladi
10 dek 2015 08:51
Yangiliklar


OCHL-2016. CHempion 3 million, finalchi 1 million dollar mukofot puli oladi
Unga ko'ra keyingi yilgi musobaqada g'olib bo'lgan klub 3 million dollarga boyib oladi. 2015 yilda OCHLda g'olib bo'lgan "Guanchjou Evergand" klubi finaldagi g'alaba uchun 1,5 million dollar ishlab olgandi.
Keyingi yil finalga chiqib yutqazib qo'ygan klub 1,5 million dollar oladi. Yarim finalchilarning har biriga 200 ming, chorak finalchilarning har biriga 120 ming va nimchorak finalchilarning har biriga 80 ming dollar mukofot puli beriladi.
Taqqoslash uchun, pley-off bosqichi uchun 2015 yilda klublarga jami 4 million 170 ming dollar mukofot puli berilgan bo'lsa, keyingi yilda bu summa 7 million 40 ming dollarga teng bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, OCHL-2016da O'zbekistondan to'rt klub ishtirok etadi. "Paxtakor", "Lokomotiv" va "Nasaf" klublari musobaqani guruh bosqichidan boshlashsa, "Bunyodkor" pley-offda ishtirok etadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar