So’nggi yangiliklar

20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  1 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  0 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  0 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  3 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3 18:28Гвардиола дарвозага янги посбон изламоқда. Португалия терма жамоаси аъзоси – номзодлардан бири  0 18:00"Барселона" Рэшфордни ўз таркибига қўшиб, таваккал қилди. Маркус бу трансфер амалга ошиши учун 10 миллиондан воз кечди  2 17:46"Навбаҳор" 7 кун ичида ФИФА тақиқидан қутулиши, собиқ футболчилари олдидаги қарзларини тўлаб бериши лозим — ПФЛ  20 17:36ПСЖ "Реал" ярим ҳимоячисини харид қилмоқчи  3 17:07"Машъал" легионери билан хайрлашди  1 16:39Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК семинарида қатнашмоқда  0 16:11"Пахтакор" Файзуллаевнинг трансфери ортидан қанча ишлаб олиши маълум  21 15:48"Арсенал" янги меҳмон либосини тақдим этди  2 15:25"Страсбур" "Челси" ҳимоячисини ижарага олади  0 15:04Аббос Файзуллаев фаолиятини Туркияда давом эттиради  31

OCHL-2015: "Pley-off"da mashhur klublar Yangiliklar

OCHL-2015: "Pley-off"da mashhur klublar

29 noyabr kuni Osiyo futbol konfederaciyasi 2015 yilgi Osiyo CHempionlar ligasi turniri uchun mamlakatlarga ajratilgan kvotalar sonini elon qiladi.
SHuningdek, OFK vakillari 29 noyabr sanasida uch bosqichdan iborat bo'ladigan pley-off uchrashuvlari jadvalini ham omma etiboriga havola etadi.

Pley-offning birinchi bosqichi 4 fevral, ikkinchi uchrashuvlari 10 fevral va guruh bosqichiga yo'llanma beruvchi uchinchi bahslar 17 fevral sanalariga belgilangan. SHuni qayd etish kerakki, uchrashuv g'oliblari bitta o'yin natijasiga ko'ra aniqlanadi. Pley-off bahslari OFKning Osiyo CHempionlar ligasi uchun joriy etgan reytingida yuqori bahoga ega bo'lgan mamlakat klubi maydonida bo'lib o'tadi.

Hozircha g'arb mintaqasida pley-off bahslarida ishtirok etadigan barcha 15ta jamoaning nomlari malum. Ular ichida musobaqaning eng tajribali jamoasi sifatida Qatarning “Al-Sadd” klubini ko'rsatib o'tish mumkin. Bu jamoa 2015 yilgi turnirni ham qo'shib hisoblaganda 10-bor qitamizning klublar o'rtasidagi eng nufuzli musobaqasida ishtirok etadi. Qatarliklar bir bor esa turnirning bosh sovriniga ega chiqishgan. Bu borada ikkinchi ko'rsatkich “Bunyodkor”ga tegishli. “Qaldirg'ochlar” 8-bor musobaqaga kirishadilar.

Umuman olganda, g'arb mintaqasida guruh bosqichiga yo'llanma beruvchi 4ta yo'llanma uchun jami 15ta klub bahs olib boradi. SHarqda esa 4ta yo'llanma uchun 14ta jamoa kurashga kirishadi.

G'ARB
1.“Al-Ahli” (Saudiya Arabistoni)
2.“Naft Tehron” (Eron)
3.“Bunyodkor” (O'zbekiston)
4.“Nasaf” (O'zbekiston)
5.“Al-Vahda” (BAA)
6.“Al-Jazira” (BAA)
7.“Al-Sadd” (Qatar)
8.“Al-Jaish” (Qatar)
9.“Arbil” (Iroq)
10.“Al-Qodsiya” (Quvayt)
11.“Al-Vihdat” (Iordaniya)
12.“Al-Nahda” (Ummon)
13.“Riffa” (Bahrayn)
14.“Najmeh” (Livan)
15.“Al-Vahda” (Suriya)

SHARQ
1.K-liga 3-o'rin sohibi: “Poxang Stilerz”, “Seul” yoki “Jeju Yunayted” klublaridan biri (Janubiy Koreya)
2.J-liga 3-o'rin sohibi: “Kashima Antlers”, “Sagan Tosu”, “Kashiva Reysol” yoki “Kavasaki Frontale” klublaridan biri (Yaponiya)
3.“Central Kost Mariners” (Avstraliya)
4.“Beyczin Guoan” (Xitoy)
5.“Guanchjou R&F” (Xitoy)
6.“Bangkok Glass” (Tailand)
7.“CHonburi” (Tailand)
8.“Xay Fong” (Vetnam)
9.“Persib Bandung” (Indoneziya)
10.“Kitchi” (Gongkong)
11.“Yadanarbon” (Myanma)
12.“Joxor Darul Tazim” (Malayziya)
13.“Bengaluru” (Xindiston)
14.“Varriors” (Singapur)
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика