OCHL-2015. “Nasaf”ning yana bir raqibi - “Al-Ahli” (Saudiya Arabistoni)
18 fev 2015 07:29
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/162540_original.jpg)
![](/upload/storage/162540_220.jpg)
OCHL-2015. “Nasaf”ning yana bir raqibi - “Al-Ahli” (Saudiya Arabistoni)
Osiyo chempionlar ligasining pley-off uchrashvlaridan o'rin olgan “Al-Ahli” (Saudiya Arabistoni) – “Al-Qodisiya” (Quvayt) jamoalari o'rtasidagi g'olib, qo'shimcha bo'limlar orqali aniqlandi.
Uchrashuvning asosiy vaqti durang 1:1 natija bilan yakun topdi. Uchrashuvdagi ilk golni quvaytliklar kiritdi, 33-daqiqada Badir Al Mutva oradagi hisobni ochdi – 0:1. O'yin tugashiga 5 daqiqa qolganda hisob tenglashdi, bunda Umar Al Soma golga mualliflik qilib, “Al-Ahli”ni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi. Ushbu hisob uchrashuv asosiy vaqtida o'zgarmay qoldi. So'ngra qo'shimcha bo'limlarga navbat keldi.
Qo'shimcha bo'limda maydon egalariga g'alaba golini kiritishga muvaffaq bo'lishdi, uchrashuvning 115-daqiqasida Mustafo Al Bassos jamoaning ikkinchi golini kiritdi – 2:1.
Ushbu hisob bilan uchrashuv o'z nihoyasiga etdi. Endi “Al-Ahli” OCHL-2015 “D” guruhida “Nasaf”, “Al-Ahli” (BAA) va “Traktorsozi” (Eron) bilan birga kurash olib boradi.
Malumot uchun, hamyurtimiz Ivan Nagaev "Al Qodisiya" tarkibida dastlabki 23 daqiqada harakat qildi va boshqa futbolchiga almashtirildi.
OCHL-2015, pley-off.
“Al-Ahli” (Saudiya Arabistoni) – “Al-Qodisiya” (Quvayt) 2:1 (Asosiy vaqt: 1:1).
Gollar: Badir Al Mutva, 33-0:1, Mustafa Al-Bassos, 115-2:1 – Umar Al Soma, 85-1:1
CHetlatish: Xolid Al Qahtoniy 83.

![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar