OCHL-2015. Ertaga qur'a

Narzulla Saydullayev
10 dek 2014, 14:33
Ertaga Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida 2015 yilgi Osiyo chempionlar ligasi uchun qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi.
Toshkent vaqti bilan soat 12:00da boshlanadigan tadbirda O'zbekistonning to'rtta klubi vakillari ham ishtirok etishadi.

"Paxtakor", "Lokomotiv" va "Nasaf" guruh bosqichidagi raqiblarini bilib oladi. "Bunyodkor" pley-offda BAAning "Al Jazira" klubi bilan o'ynashi ma'lum. "Qaldirg'ochlar" pley-offdan muvaffaqiyatli o'tishsa qaysi guruhdan joy olishlari ham ertaga aniq bo'ladi.

Qur'ada 21ta davlatning 49ta klubi ishtirok etadi. Ularning 8tasi o'z vaqtida Osiyo chempionlar ligasida g'olib chiqqan.

OCHL-2015 pley-off bosqichi 4 fevral kuni, guruh bosqichi esa 24 fevral kuni start oladi.

Keyingi yil ushbu musobaqada ishtirok etuvchi barcha klublar ro'yxatini kecha taqdim etgandik.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia