OCHL-2014da O'zbekistonga 1+1 beriladimi?
19 noy 2013 11:21
Yangiliklar

OCHL-2014da O'zbekistonga 1+1 beriladimi?
Noyabr oyi so'nggida Osiyo chempionlar ligasining keyingi mavsum uchun kvotalar soni malum bo'ladi.
Bu yil O'zbekistonga 2+1 kvotasi berilgan. Unga ko'ra "Bunyodkor" va "Paxtakor" musobaqani guruh bosqichidan boshlagan bo'lsa, "Lokomotiv" pley-offda ishtirok etgandi.
Yangi mavsumda OCHLda yangi davlat vakillari ham ishtirok etishlari mumkin, shu bois kvotalar soni kamayishi kutilmoqda. Hozircha tasdiqlanmagan xabarlarga ko'ra keyingi yil O'zbekistonga 1+1 berilishi mumkin ekan.
Agar shunday bo'lsa O'zbekiston chempioni va kubogi sohibi "Bunyodkor" klubi musobaqaning guruh bosqichidan boshlaydi, O'zbekiston vice-chempioni "Lokomotiv" klubi pley-offda o'ynaydi.
Yakuniy qaror OFK tomonidan noyabr oyi so'nggida chiqariladi. Dekabr oyi boshida esa yangi mavsum uchun qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi.

Fikrlar