OCHL-2014: “Lokomotiv” va “Nasaf”ning raqiblari haqida
20 dek 2013 12:00
Yangiliklar

OCHL-2014: “Lokomotiv” va “Nasaf”ning raqiblari haqida
Xalqaro mavsum biz uchun bu safar ancha ilgari, fevral oyining o'rtasiga etmasdanoq boshlanadi. 8 va 15 fevral kuni CHempionlar ligasining o'tkaziladigan saralash bosqichida klublarimiz maydonga tushishlari mumkin.
“Lokomotiv” va “Nasaf”ni guruh bahslariga chiqish uchun jiddiy to'qnashuvlar kutib turibdi. Jamoalarimizga raqiblik qilish ehtimoli mavjud klublarning hozirgi holati to'g'risida tanishtirib o'tamiz.
Fevral oyida yaxshi formaga kirish oson ish emas. Qolaversa, bu jamoalarning tayyorgarlik jarayoniga jiddiy tasir ko'rsatishi mumkin. CHunki muddatidan avval yaxshi holatga kirib olish mavsum mobaynida salbiy natijalarga olib keladi. Agarda rotaciyadan foydalanilmasa. SHu sababli “Lokomotiv” va “Nasaf” murabbiylar shtabi faqat OCHLdagi bellashuvlarni emas, balki ichki musobaqalar to'g'risida ham bosh qotirishlariga to'g'ri keladi. “Lokomotiv” 8 fevral kuni o'z maydonida o'ynaydi. Raqib Quvaytning “Al Quvayt” yoki Iroqning “Al SHorta” jamoasi bo'ladi. Birinchi bosqichda ushbu klublar Quvaytda bahs olib borishadi. O'sha bahsda quvaytliklarda imkoniyat ko'proq. Ruminiyalik Marin Ion boshchilik qilayotgan jamoa o'tgan mavsumda mamlakat chempionati va OFK Kubogida g'olib chiqdi. OFK Kubogida “Al Quvayt” ketma-ket ikkinchi marta zafar quchdi. Demak, jamoa saviya jihatidan CHempionlar ligasida o'ynashga tayyor holatda. Qolaversa, Quvaytda mavsum qizg'in pallaga kirib boryapti. 4 nafar futbolchisi milliy terma jamoa azosi hisoblanadi. Hujumlarni tashkil qilishda braziliyalik legioner Rojerio katta faollik ko'rsatadi. Joriy mavsumda klub Quvayt chempionatida birinchi o'rinda bormoqda. Oltin medallar uchun “Al Qodisiya” bilan keskin kurash kechishiga shubha yo'q. Oxirgi yillarda Quvayt jamoalari OCHLdan chetda qolib ketgandi. SHu sababli ushbu mamlakat klublarining o'yinlariga bevosita guvoh bo'lganimizdan beri ancha vaqt o'tdi. Iroqning “Al SHorta” jamoasi o'tgan mavsumda Iroq chempionligini qo'lga kiritgan. Klub bosh murabbiyi braziliyalik mutaxassis sanaladi. Santos boshchiligida bag'dodliklar ushbu mavsumda ham muvaffaqiyatli o'yinlar namoyish etishmoqda. Lekin Quvaytda “Al Quvayt” qarshiligini sindirish bu jamoaga nasib etmasa kerak. Biroq futbolda hamisha kutilgan natijalar qayd etilmaydi. Buni esdan chiqarmagan maqul.
Uchinchi raundda Qatarning “Lahviya” yoki Quvaytning “Al Qodisiya” klublaridan birining raqib bo'lish ehtimoli ancha katta. Qatarda o'tadigan bellashuv bunga oydinlik kiritib beradi. Doxaliklar 2013 yil OCHLda “Paxtakor” bilan to'qnash kelishdi. O'shanda bu jamoaning tarkibi juda kuchli ekanligini ko'rgandik. Belgiyalik mashhur murabbiy Erik Gerets boshqarayotgan “Lahviya” tarkibida 15ga yaqin legioner futbolchilar bor. Raqiblar uchun yomon tarafi shundaki, qatarliklarning ularning barchasi xizmatidan bir paytda foydalanish imkoniyatiga egalar. CHunki 12 nafar futbolchi Qatar fuqaroligini qabul qilgan. Ayni paytda legioner sanalgan o'yinchilarning mahorati ancha yuqori. Oxirgi uchrashuvlarni bu klub juda yaxshi o'tkazib, ijobiy natijalar bilan yakunladi. Ular endi-endi yaxshi holatga kirib borishyapti. SHu sababli safarda “Lahviya”ni dog'da qoldirish oson bo'lmaydi. To'g'ri, OCHLda g'olib chiqqan “Guanchjou Evergrand” buni chiroyli tarzda uddaladi, biroq guanchjouliklar safidagi xorijlik futbolchilar Evropada ham etakchilarga aylanish salohiyatiga egalar. “Al Qodisiya” esa Quvaytning ikki gegemonidan biri sanaladi. Milliy terma jamoaga ashaddiy raqibidan ko'ra ko'proq futbolchilar etishtirib beradigan “Qodisiya” zarar pallalarda taktik jihatdan juda yaxshi o'yin namoyish qiladi. Aynan shu jihati bilan quvaytliklar “Lahviya” qarshiligini sindirishga umid qilishlari mumkin.
Qarshida tayyorgarlikka kirishgan “Nasaf” esa guruh bosqichiga chiqish uchun har ikki bosqich o'yinini safarda o'tkazishga majbur. Dastlabki bellashuvda Qatarda “Al Jaish” maydoniga safar uyushtiradi. Ruminiyalik Razvan Luchesku qo'l ostida o'tgan mavsumda Qatar “Yulduzlar” Kubogiga ega chiqqan jamoa milliy chempionatda yaxshi natijalarga erishyapti. Ushbu mavsumda “Jaish” peshqadamlar qatorida kelmoqda. Lekin tarkibga nazar tashlaydigan bo'lsak, “Lahviya” singari taniqli nomlarni ko'rmaymiz. Biroq bu jamoaning biror o'yinini kuzatmaganmiz. SHu tufayli Luchesku jamoasidan nima kutishni bilish qiyin. Qatar OAVda faoliyat yuritayotgan hamkasblarimiz “Jaish”ning asosan jamoaviy o'yin namoyish etishi, shuningdek, hujum chizig'idagi futbolchilari texnik tarafdan yaxshi o'ynashlarini takidlashdi. “Nasaf” murabbiylari bu raqibni 8 fevral sanasigacha jiddiy o'rganib chiqishlariga shubha qilmaymiz. Qolaversa, tarkibda yangi yildan keyin o'zgarishlar ro'y berishi kutilyapti. Aksariyat arab jamoalari qishki transferlar chog'ida CHempionlar ligasida yaxshiroq natijalarga erishishni istab, yaxshi saviyali legionerlarni taklif etishlari hozir hech kimga ajablanarli holat tug'dirmaydi.
Navbatdagi raundda “Nasaf”ga BAAning “Baniyas” klubi raqiblik qilishi mumkin. Xorxe Silva shogirdlari ayni paytda BAA proligasida o'rtamiyonalar qatorida borishyapti. Bu jamoada o'rtamiyona saviyadagi mahalliy va yaxshi saviyadagi chet ellik futbolchilar jamlangan. “Paxtakor” Abu Dabining mazkur jamoasi bilan CHempionlar ligasi bahslarida to'qnash kelgandi. O'shanda BAA klubi o'z maydonida juda yaxshi o'yin ko'rsatgandi. Amir Abdulrahmon (Umar Abdulrahmon bilan adashtirmang) jamoa etakchisi sanaladi. Aksariyat hujumlar aynan shu yarim himoyachi yordamida uyushtiriladi. Biroq bu jamoa to'g'risida keyinroq malumot to'plash zarur. CHunki bungacha “Al Jaish” qarshiligini sindirish talab etiladi.
“Bunyodkor” guruh bosqichida Saudiya Arabistonining “Al Fateh” hamda Eronning “Fulad” klublariga qarshi to'qnash kelishi aniq. Saudiyaliklar o'tgan mavsum qanday qilib chempionatda g'olib bo'lishgani haligacha ko'pchilikni ajablantirib kelyapti. Joriy mavsumda “Fateh” o'rtamiyonalar qatoriga qiyinchilik bilan ilinib turibdi. “Fulad” esa oxirgi yillarda akademiyasiga etibor qaratish orqali autsayder darajasidan etakchilar qatoriga qo'shildi. Qizg'in pallaga kirib borayotgan Eron chempionatida axvazliklar oltin medallar uchun kurash olib borishmoqda. “Bunyodkor”ning uchinchi raqibi nomi esa saralash bahslaridan keyin malum bo'ladi.
Bizni fevral oyidayoq “qaynoq” bellashuvlar kutib turibdi. Umid qilamizki, tayyorgarlik jarayonidagi mushkulliklarga qaramasdan jamoalarimiz o'yinlarga yaxshi holatda etib borishadi. CHempionlar ligasi havosi ko'proq stadionlarimizda kezishini istaymiz.
Behzod NAZAROV.

Fikrlar