So’nggi yangiliklar

03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  22 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  11 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  3 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0

OCHL. 2-tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

OCHL. 2-tur ramziy terma jamoasi

3-4 mart kunlari Osiyo chempionlar ligasining 2-tur bahslari bo'lib o'tdi.
"Paxtakor" safarda, "Lokomotiv" o'z maydonida durang natija qayd etgan bo'lsa, "Bunyodkor" va "Nasaf" bu turda yutqazib qo'ydi. Biz esa saytimiz odatiga ko'ra, 2-turning ramziy terma jamoasini tuzib chiqdik.

DARVOZABON
Aleksandr Lobanov ("Paxtakor")



Bu turda "Al SHabab" mehmoni bo'lgan "Paxtakor" 2:2 hisobini qayd etdi. Garchi jamoa o'z darvozasidan ikkita to'p o'tkazib yuborgan bo'lsa-da, "Paxtakor" posboni Aleksandr Lobanov o'z ishini yaxshi bajardi. U bir necha bor raqib futbolchilari tomonidan berilgan zarbalarni qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

HIMOYACHILAR
Akmal SHorahmedov ("Bunyodkor")
Egor Krimec ("Paxtakor")
Nemanya Yanichich ("Lokomotiv")
Salim Mustafoev ("Lokomotiv")
Roy Rok ("Nasaf")



"Bunyodkor"ning avvalgi o'yinida ko'pchilik futbolchilar ajralib turgandi, biroq "Persepolis"ga qarshi bahsda Akmal SHorahmedovdan boshqa hech kim o'z ishini puxta bajara olmadi. "Paxtakor" himoyachisi Egor Krimecga kelsak, u ham safardagi o'yinda o'zini ko'rsata oldi. Krimec bir vaziyatda hatto gol urishi ham mumkin edi. "Lokomotiv" o'z maydonida "Fulad"ni enga olmadi. Lekin mazkur bahsda Nemanya Yanichich bilan Salim Mustafoev yaxshi harakat qilishdi. Ayniqsa, Mustafoev raqib o'yinchilariga umuman o'yin bermadi. "Nasaf"ning yangi legioneri Roy Rok ham tezda jamoa o'yiniga kirishib keta oldi. U "Al Ahli" bilan kechgan bahsda yaxshi harakat qildi.



YARIM HIMOYACHILAR
Artur Gevorkyan ("Nasaf")
Samir Bekrich ("Bunyodkor")
Kaxi Maxaradze ("Paxtakor")
Oleg Zoteev ("Lokomotiv")



Agar Gevorkyan jarima to'pidan unumli foydalanmaganida "Nasaf"ning gol urishi amrimahol edi. Ammo Gevorkyan tomonidan kiritilgan chiroyli gol ham "Nasaf"ni mag'lubiyatdan qutqarib qola olmadi. Samir Bekrich esa har holda tuzuk o'ynab turgandi. To almashtirilgunga qadar raqib darvozasi tomon xavf ko'pincha shu futbolchi tomonidan kelayotgandi. Lekin nima uchundir murabbiy uni almashtirdi va o'yin tizgina to'liq raqib qo'liga o'tdi.



"Paxtakor" sardori Kaxi Maxaradze ketma-tet ikkinchi o'yinda ham gol urishga erishdi. Gruziyalik futbolchi allaqachon "Paxtakor" etakchisiga aylanib oldi. U har bir uchrashuvda o'zidan iliq taassurot qoldiryapti. "Lokomotiv"dagi Oleg Zoteevni boshqalardan ajralib turdi deb bo'lmaydi, faqat uning nostandart harakatlari jamoaga foyda keltirdi deya olamiz.



HUJUMCHI
Igor Sergeev ("Paxtakor")

Xuddi Maxaradze kabi Igor Sergeev ham OCHLda ikkita gol urishning uddasidan chiqdi. Safarda "Al SHabab" bilan kechgan o'yinda Sergeev ham gol urdi, ham penalti ishladi. Qolaversa, raqib himoyachilarini doim sarosimaga solib turdi. SHu bois uni ham 2-tur ramziy
terma jamoasiga kiritdik.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика