OCHL 1/8 final. Janubiy Koreyaning ikki klubi dastlabki o'yinda ijobiy natija qayd etdi
19 iyu 2019 19:09
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/502188_original.jpg)
![](/upload/storage/502188_220.jpg)
OCHL 1/8 final. Janubiy Koreyaning ikki klubi dastlabki o'yinda ijobiy natija qayd etdi
Bugun bo'lib o'tgan ikkita o'yinda Janubiy Koreyaning ikki jamoasi safarda o'ynab, ikkalasi ham ijobiy natija qayd etdi. "Ulsan Xyunday" Yaponiyada "Urava Reds" mehmoni bo'lib 2:1 hisobida g'alaba qozondi.
"CHonbuk Motors" safarda "SHanxay SIPG"ga qarshi maydonga chiqib 1:1 hisobini qayd etdi. Bu o'yinda hamyurtimiz Odil Ahmedov shanxayliklar tarkibida to'liq harakat qiladi.
1/8 final. Dastlabki uchrashuvlar
18 iyun. "Kashima Antlers" (Yaponiya) - "Sanfrechche Xirosima" (Yaponiya) 1:0
18 iyun. "Guangju Evergrand" (Xitoy) - "SHandong Luneng" (Xitoy) 2:1
19 iyun. "Urava Reds" (Yaponiya) - "Ulsan Xyunday" (J.Koreya) 1:2
19 iyun. "SHanxay SIPG" (Xitoy) - "CHonbuk Motors" (J.Koreya) 1:1
Endi javob bellashuvlari 25-26 iyun kunlari bo'lib o'tadi. Eslatib o'tamitz, G'arb mintaqasida 1/8 final bahslari avgust oyiga belgilangan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar