OCHL 1/8 final: 90+6-daqiqadagi gol “Al Jazira”ga g'alaba keltirdi
07 may 2018 22:59
Yangiliklar


OCHL 1/8 final: 90+6-daqiqadagi gol “Al Jazira”ga g'alaba keltirdi
Osiyo CHempionlar ligasida pley-off bosqich uchrashuvlari boshlandi.
Bundan bir necha daqiqa avval 1/8 final bosqichining ilk o'yini yakunlandi. Unda Eronning “Persepolis” jamoasi BAAda “Al Jazira” klubi mehmoni bo'ldi. Uchrashuv gollarga boy tarzda o'tdi.
O'yinning asosiy vaqtiga hakam tomonidan qo'shib berilgan oltinchi daqiqada Halifa Muborak tomonidan kiritilgan gol “Al Jazira”ning g'alabasini taminladi. Bungacha hisob 2:2 ko'rinishida bo'lib turgandi.
OCHL. G'arb mintaqasi. 1/8 final. Ilk o'yin
“Al Jazira” (BAA) - “Persepolis” (Eron) 3:2 (0:1)
Gollar: Ali Mabhut (52), Romarino (77), Halifa Muborak (90+6) - Ali Alipur (42), Mensha Gudvin, penaltidan (84)
Malumot uchun, 1/8 finalning javob o'yinlari 14-15-16 may kunlariga belgilangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar