So’nggi yangiliklar

07:35ПСЖ собиқ футболчиси Остон Ўрунов жамоадошига айланди  0 01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  4 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  0 00:37"Челси" Стерлингни сотишни истайди, бироқ бир муаммо бор  0 00:14"Ньюкасл" Исакни сотмоқчи эмас  1 23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  2 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  3 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  2 20:12Антонио Конте Стерлингни "Наполи"да кўришни истамоқда  2

Ochiqlik siyosati yoxud yana o'sha projektorlar haqida Yangiliklar

Ochiqlik siyosati yoxud yana o'sha projektorlar haqida

Teglar :  Coca Cola Superliga
Sir emaski, so'ngi yillarda yurtimizda har bir sohada ochiqlik siyosati qo'llanilib kelmoqda. Yani, biron bir tizim yuzasidan malumot olmoqchi bo'layotgan jurnalist yoki bloger to'siqlarga duch kelayotgani yo'q.

Mana shu kabi islohotlar negizida sohalar bo'yicha matbuot xizmatlari tashkil etildi. Endilikda siz biron korxona yoki tashkilot yoki davlat organi faoliyati haqida qiziqayotgan bo'lsangiz, marhamat o'sha tashkilotlarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga tashrif buyuring, matbuot xizmati vakillari istaganingizcha yangilik va xabarlarni taqdim etib borishmoqda.

Kuni kecha yurtimizda "Matbuot va ommaviy axborot vositalari kuni" bayram sifatida keng nishonlandi. Aynan ushbu kunda "Lokomotiv" klubi matbuot kotibi va Championat.asia xodimi Xayrulla Xoliqov projektorlar masalasida o'zining bir oz tanqidiy qarashlari bilan O'zPFL manziliga salom yo'lladi. Uning salomiga javoban tashkilot rahbari Diyor Imomxo'jaev o'zining telegramdagi sahifasida bir oz keskinroq fikrlarni qoldirganidan ham xabardorsiz albatta. Ushbu tortishuvda kim haq yoki nohaqligini men hal qilmayman, chunki bunga darajam ham, malakam ham etmasligi mumkin. Unda nega bu mavzuda yozayapman? Kimdir ikki mashhur shaxslar o'rtasidagi tortishuvga aralashib o'zini PIAR qilishga urinayapti deb ham o'ylashi mumkin. Lekin bu noto'g'ri javob. Ayni masala yuzasidan bazi savollar meni juda ham qiziqtirib qoldi-ki, yozishga jazm qildim. Aslida sport jurnalistikasi olamida ko'p ham chiqish qilmayman, asosan futbolchi va murabbiylardan intervyular tashkillayman, matbuot anjumanlarida ishtirok etaman va ularning matnini teraman, xullas shu kabilar xolos. Ahyon-ahyonda biron maqola yozib qolmasam, aksariyat xollarda bu mening ishim emas. Lekin aytib o'tganimdek, projektorlar masalasi yuzasidan meni qiziqtirayotgan bazi savollar bor. Bu aslida raddiya ham emas, shunchaki javobi qiziqtirayotgan savollar aks etgan kichkina maqola. Balki bu masala faqat meni emas, sizni ham qiziqtirayotgandir. Birgalikda javob olishga urinib ko'ramizmi?

Birinchi savol. Jurnalist Xayrulla Xoliqov projektorlar masalasida maqola yozibdi, nega u savollariga O'zPFL rahbari bilan bog'lanib javob olishi kerak? SHunda maqolada ko'tarilgan mavzuning sababidan faqatgina o'zi xabardor bo'ladi xolosmi? Projektorlar va taqvimga zid ravishda o'zgarayotgan stadionlar yuzasidan tug'ilgan savollar muxlislarni qiziqtirmaydimi? Biri-birida kontakti borlar o'zaro fikr almashib olaverishsa, futbol jamoatchiligi gap nima haqida ketayotganligini bilishga haqqi yo'qmi? O'zPFL rahbarining fikricha, masalani avval surishtirmasdan ommaning oldiga olib chiqqan nashr vakili - yaxshi jurnalist emas ekan. SHundoq ham hammasi ko'rinib turgan xolat bo'yicha jurnalist nega surishtiruv o'tkazishi kerak? Bular bir oz g'alati ko'rinmayaptmi?

Ikkinchi savol. Stadion projektorlarida muammosi bor klublar neytral maydonda o'ynashi belgilab qo'yilgan bo'lsa, unda nega Superliganing 11-turi doirasidagi "Turon" - "Mashal" uchrashuvi Yaypanda o'tkazildi? Bu o'yinda "Turon" rasman mezbon, "Mashal" esa mehmon maqomida o'ynadi? Ikkinchi davrada esa yaypanliklar Muborakka mehmon sifatida boradimi? Xo'sh, Diyor Imomxo'jaevning postida keltirilgan fikrlarga tayansak, klublar o'zaro kelishibdi, bir klubni ikki bor jazolash noto'g'ri ekan. Sizgayam qiziqmi shu joyi? Yuqorida uy stadionidagi projektorlar bilan bog'liq muammosi bor klublar mezbonlik maqomidagi o'yinlarini neytral maydonda o'tkazishi haqida aytilgan ediku! O'zPFL nega buning ijrosini taminlamadi? Klublar kelishsa bo'ldi, shu bilan masala yopilib qolaveradimi?

Uchinchi savol. Bunisi endi rostdan ham juda qiziq. "Andijon" klubida ham stadion projektorlari bilan bog'liq muammo sabab AGMK bilan o'yinni nominal mezbon sifatida Olmaliqda o'tkazdi. Andijonliklar ikkinchi davrada AGMK bilan bo'lib o'tadigan uchrashuvni xuddi o'sha stadionda mehmon sifatida o'tkazadilarmi? Unda O'zPFL rahbarining bir klubni ikki marta jazolash to'g'ri emasligi haqidagi fikri ham aslida to'g'ri emasga aylanib qolayaptimi shunda? Bu erda kimdir haqiqiy, kimdir esa o'gay farzandga o'xshab qolmayaptimi? Mantiq qani?

So'ngi yillarda O'zPFL tomonidan sezilarli tarzda ijobiy islohotlar olib borilmoqda. Birinchi navbatda tashkilot rahbari tomonidan har bir tug'ilayotgan savolning javobi aniq va lo'nda qilib tushuntirib kelinayapti. Bu tashkilotdagi ochiqlik siyosatining yaqqol ko'rinishi. SHuningdek, O'zPFL mutasaddilari tomonidan eskirgan reglamentlar yangicha va zamonaviy bandlar bilan to'ldirilayotganligi haqida ham eshitayapmiz.

Bundan tashqari so'ngi yillarda milliy chempionatlarimiz (Superliga va Pro-liga) o'z titul xomiylariga ega bo'lishdi, tarixda ilk bor Pro-liga o'yinlari televidenie orqali jonli efirga olib chiqildi. Bunday natijalar O'zPFLning marketing tizimi faoliyati samarali tashkil etilayotganligidan dalolat beradi.

Aytish joiz, shaxsan o'zim bugunga qadar O'zPFL bilan bog'liq barcha savollarga javob olib kelayotgandim. Xatto ishning yaxshi tashkil etilayotganidan savollar ham paydo bo'lmayotgandi. Negadir shu projektorlar bilan bog'liq xolatlar tushunarsiz, qarorlar esa mantiqsizdek tuyulmoqda, aytib o'tganimdek avval bunaqasi bo'lmagandi. Umid qilamiz-ki, siz, biz va barchamiz tez orada yuqoridagi savollarga javob olamiz. Etiboringiz uchun tashakkur do'stlar!

Bekzod Tolibov

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика